Saytdan foydalanish qoidalari

Bu sahifadagi ma'lumotlarni UzHackerSW.uz saytidan foydalanuvchi har qanday odam bilishga majbur va shart. Agarda siz bu sahifadagi ma'lumotlarni o`qimasangiz va bilmagan taqdiringizda ham sayt materiallaridan foydalanish xolatidagi har qanday vaziyatda ayibdorlik 100% o`zingizda bo`lib, bu shartlarni bilmaslik va o`qimasligingiz sabab bo`la olmaydi.

Foydalanish shartlarini o'qish unchalik qiziq emasligini bilamiz. Biroq, bizning xizmatlarimizdan foydalanish paytida odob-axloq qoidalarini, shuningdek, UzHackerSWning huquq va majburiyatlari va Foydalanish majburiyatlarinini tushunishingiz muhimdir.


Umumiy ma’lumotlar.

“UzHackerSW.uz” sayti axborot texnologiyalariga asoslangan web sahifa bo’lib, unda foydalanuvchilarga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun turli bloglar orqali yo’riqnomalar berib boriladi. Bunda istalgan foydalanuvchi o’z tajribasidan kelib chiqqan holda blog (yo’riqnoma) berib borishi yoki o’rganib borishi mumkin.

Foydalanuvchi akkauntidan foydalanish.

Saytdan bloglarni o’qish va tanishish uchun ro’yxatdan o’tish zarur emas. Lekin bloglar ostida izoh qoldirish va blog qo’shish uchun saytdan ro’yxatdan o’tish muhim. Saytdan ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng, sizning parolingiz heshlangan ko’rinishda bo’ladi va bu sayt ma’muriyatiga ham ko’rinmas holda saqlanadi. Agar siz turli blog yoki maqolalar ostida qoldirgan izohlaringizda turli so’kinish va uyatsiz so’zlardan foydalanish, terroristik xatti-harakatlarga chorlovchi so’zlar yoki saytlarni targ’ib qilsangiz, boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilish va shu kabi boshqa harakatlarni amalga oshirsangiz, sayt ma’muriyati tomonidan bir necha bloklanish darajasida bloklanishingiz yoki saytdan foydalanishingiz uchun butunlay cheklov qo’yilishi mumkin.

Mualliflik huquqi

Saytda chop etilgan har qanday blog va maqola saytga (yoki muallifiga) tegishli bo’lib, uni boshqa saytlarda, telegram kanallarda va har qanday joyda ommaga taqdim etish, tarqatish, ishlatish, va boshqa har qanday harakatlar mualliflik huquqini buzilishiga olib keladi va tarqatuvchi O’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qonunlariga binoan jazolanadi. Saytdan bloglar va maqolalarni ko’chirib olish uchun sayt ma’muriyati tomonidan taqiq qo’yilgan va buni buzishga urinish yo’ki ko’chirib olishga bo’lgan xar qanday noqonuniy har qanday xatti-harakatlar qonuniy tarzda jazoga tortilishiga sabab bo’ladi. Blog yoki maqolalarni ko’chirib olishni istasangiz yoki uni boshqa joyda chop etmoqchi bo’lsangiz, sayt manzilini ilova qilishingiz yoki sayt ma’muriyati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishingiz shart.

Kichik eslatma: agarda siz yozgan maqola rasm yoki boshqa biror bir ma'lumot bizning saytimizda Sizning ruxsatingizsiz joylangan, ko'chirilgan, yoki foydalanilgan bo`lsa va bu sizga yoqmasa iltimos biz bilan bog`laning. Biz ushbu ma'lumot (fayl)ni taxrirlaymiz yoki saytimizdan o'chirib tashlaymiz. UzHackerSW jamoasi sizning mehnatingizni qadrlaydi.

Fors major (Favqulodda vaziyatlar)

Saytda turli fors-major holatlar yuzaga kelmasligi uchun saytda e’lonlar berilib boriladi. Buni kuzatib borishni o’z zimmangizga olasiz. Sayt ma’muriyati saytdan foydalanish qoidalarini o’zgartirish, yangilash, taxrirlash huquqini o’zida saqlab qoladi.


Tepaga