Bugungi mavzuyimizdan kelib chiqadigan bo'lsak, kompyuterni yoqish va o'chirish juda oson hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Kompyuterni ishga tushirish uchun tabiiyki uni simini elektr ta’minotiga ulash darkor. Biroq, hozirgi kunda ehtiyot shart sifatida kompyuterni avval pilotga ulab, pilotni esa elektr ta'minotiga ulash ma'qul. Bunga asosiy sabab shundaki, agarda elektr ta'minotida haddan tashqari kuchlanish ro'y beradigan bo'lsa, birinchi navbatda pilot qurilmasi ishdan chiqadi, u ishdan chiqishi bilan kompyuter elektr ta'minotdan uziladi va xavfli kuchlanishdan sizni kompyuteringizni hech bo'lmaganda 50% ga himoya qiladi. Pilot quyidagicha ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Bundan so'ng bizga pilot bilan kompyuterning protsessoriga ulovchi ulagich (kabel) kerak bo'ladi. U quyidagicha bo'ladi.
Endi biz bu ulagich (kabel) ni protsessorning «блок питания» ya'ni elektr ta'minotidan olingan tokni kompyuterning ichki qismiga taqsimlash vazifasini bajaruvchi qismiga ulanadi. Kompyuterning elektr ta'minot qismi (rozetka) ga ulanuvchi ulagich (kabel) ning protsessorga ulanish joyi har doim (UNITMANG, HAR DOIM!!! ) protsessorning yuqori (ba'zan eng pastki) qismida joylashgan bo'ladi, uni bemalol protsessorning qolgan qismlaridan ajratib olish mumkin. U 3 ta tashqariga qarab turgan tishlardan iborat. Uning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi.
Endi kompyuterning tasvirini ko'rsatuvchi qismiga kelsak. Bunda bizga DISPLAY (monitor) qurilmasi yordamga keladi. Uning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi.
Odatda monitorlar ham alohida tarzda elektr bilan ta’minlanadi, boshqacha qilib aytganda monitorda odatda 2 ta kabel chiqadi: birinchisi elektr ta'minot kabeli, ikkinchisi protsessor bilan bog'lanish kabeli ya'ni VGA kabel. Ular quyidagicha bo'ladi.
yoki
VGA kabel protsessorning quyidagi qismiga ulanadi.
Protsessor va monitorni elektr ta'minotiga ulab, monitorni ikkinchi kabelini protsessorga ulaganingizdan so'ng, kompyuterni ishga tushiring. Buning uchun odatda protsessorni pastki (ba'zan yuqori yoki o'rta) qismida joylashgan katta va dumaloq yoki kvadrat shakldagi tugmani bosing. Agarda tugma atrofida qizil va yashil (ko'k, yashil va boshqa ranglar ham bo'lishi mumkin) chiroqlar yonishni boshlasa, demak, kompyuter ishga tushdi. Yoqish tugmasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
Kompyuter yongandan so'ng quyidagi ko'rinishda bo'ladi (WINDOWS 10 misolida).
Endi biz ma'lum ishlarni bajarib bo'lganimizdan so'ng bu kompyuterni xavfsiz tarzda o'chirishimiz kerak. Uning uchun quyidagi amallarni bajarish zarur. Kompyuterni o'chirishning eng xavfsiz o'chirish yo'li bu – uni quyidagi tartibda o'chirishdir: Пуск (pusk ) —> завершение работы (o'chirish). UNITMANG!!! Kompyuterni o'chirishdan oldin barcha dasturlarning ishi tugatilgan (ya'ni barcha dasturlar o'chirilgan) bo'lishi kerak. Kompyuterni o'chirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Kompyuterning o'chirishning ya'na bir usuli bu klaviatura yordamida amalga oshiriladi. Bunda biz ish stolida turib klaviaturadagi ALT + F4 tugmalarini birga bosamiz va завершение работы (o'chirish) ni tanlaymiz.
Mana shunaday qilib, ixtiyoriy kompyuterni o'chirish mumkin. Grafikli muhiti boshqa operatsion tizimlarda farq qilishi mumkin, lekin bajarish tartibi deyarli bir xil.