Kompyuterning doimiy tezkor va video xotiralarning hajmini ko'rish
1. HDD (Hard Disk Drive yoki ПЗУ) boshqacharoq qilib aytganda doimiy xotira ya'ni bizning ma'lumotlarimiz tizim ma'lumotlari va tizimning o'zi ham saqlanadigan joy hisoblanadi. Bu xotira kompyuterimiz o'chiq bo'lganda ham ma'lumotlarimizni salaydi va qachonki undan foydalanadigan bo'lsak elektr toki manbaiga ulanishi kerak.
2. RAM (Random Access Memory yoki ОЗУ) ya'ni tezkor xotira, bu xotira orqali biz HDD da saqlanadigan operatsion tizimni yoki ishga tushgan operatsion tizimda turli dasturlarni amallarni bajarish uchun vaqtinchalik doimiy xotiradan bu xotiraga ko'chiriladi. Ya'ni real vaqtda tizim va tizim dasturlari ishlashi uchun zarur ma'lumotlar shu joyda vaqtinchalik saqlanadi.
3. Graphical memory ya'ni video xotira bu operatsion tizim video grafik muhitda ishlay olishi uchun zarur hisoblanadi. Ya'ni bizda video karta mavjud bo'lsa, bizning kompyuter operatsion tizimni, undagi dasturlarni va o'yinlarni sifatini ancha yuqori daraja qilib bizga ko'rsatadi.Bizning kompyuterda bular qancha yuqori bo'lsa kompyuterimiz shunchalik tezroq ishlay olish imkoniyatiga ega bo'ladi.Birinchi bo'lib, HDD ni hajmini qanday ko'rish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Bunda biz ish stoli (рабочий стол) dagi bu kompyuter (этот компьютер) ning ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini 2 marta bosamiz va bizda ochilgan oynada bir necha lokal disklar (локальный диск) mavjud bo'lishi mumkin yoki 1 va 2 ta bo'lishi ham mumkin. Odatda ular 2 ta bo'ladi: «lokal disk (локальный диск) C» va «lokal disk (локальный диск) D» bo'ladi. Odatda C diskda operatsion tizim va uning dasturlari saqlanadi va D diskda esa bizning shaxsiy ma'lumotlarimiz saqlanadi (Bu D,C harflar ahamiyatga ega emas ularni istagan boshaa harfga o'zgartirish mumkin). Ularni quyidagi rasmlar orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
1-rasm. «Этот компьютер» ni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz
2-rasm. Ochilgan oynadagi belgilangan lokalniy disklar hajmini qo'shsak, 931Gb + 111GB = 1042Gb, demak bizning HDD hajmimiz 1042Gb ekanEndi tezkor xotiraning hajmini ko'rishni ko'rsak. Bunda biz #2mavzu da o'rgangan biron-bir usuldan foydalanamiz. Men 1-usuldan foydalanaman. Ish stolidagi (рабочий стол) mening kompyuterim (мой компьютер) yoki bu kompyuter (этот компьютер) ga sichqonchamizni olib borib, uning o'ng tugmasini bosamiz va svoystva (свойства) bo'limini tanlaymiz (ESLATMA, BU HOLATDA MENING KOMPYUTERIM YORLIQ BO'LISHI KERAK EMAS).
3-rasm. Rasmda qizil bilan belgilangan bo'limni tanlaymiz
4-rasm. Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz)So'ngi xotiramiz video xotira. Buni ko'rish uchun biz klaviatura yordamidan foydalanamiz. Ish stolida (рабочий стол) turib biz klaviaturadagi WIN + R tugmalarini birgalikda bosamiz. ochilgan bajaruvchi (Выполнить) oynachaga «dxdiag» deb yozamiz. (Bajaruvchi oyna haqida keyingi darslarimizda batafsil ko'rib chiqamiz). Bizda oynacha ochiladi undan yuqoridagi bo'lim (панель) lardan «экран» bo'limiga o'tamiz va umumiy xotira «всего памяти» ni ko'rsak, bizni video xotiraning hajmini ko'rgan bo'lamiz. Buni quyidagi rasm orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
5-rasm. WIN + R tugmalarini birga bosamiz
6-rasm. Ochilgan oynaga «dxdiag» deb yozamiz
7-rasm. «Экран» bo'limiga o'tamiz va «всего памяти» ni ko'ramiz. Bizning holatimizda video xotiraning hajmi 1792 Mb ekan