Salom do'stlar. Bugun biz root ya'ni super foydalanuvchi huquqi nima uchun kerak, undan qanday foydalanish kerak, uning afzallik va kamchiliklarini ko'rib chiqamiz. Qani ketdik unda.
Android OT ochiq kodli bo'lib uni ixtiyoriy tarzda o'zgartirish mumkin. Faqat bir shart bilan ya'ni siz bu tizimda super foydalanuvchi bo'lishingiz kerak bo'ladi. Buning bir necha kamchiliklari mavjud. Bular:
1.Android OT dasturchilari yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan qurilmangizga hech qanday servis xizmatlarini ko'rsatmaydi — ya'ni agar siz super foydalanuvchi huquqini olsangiz unda siz ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat muddatini, ular tomonidan ko'rsatiladigan servis xizmatlarini va bir necha muddat oralig'ida ishlab chiqariluvchi tomonidan bulutli OT yangilanishlarini (OTA) unitishingizga to'g'ri keladi;
2.Android OT xavfsizligi kamayadi — bunda siz o'z xavfsizligingiz uchun o'zingiz javobgar bo'lasiz, sababi siz tizim xavfsizligi bo'lgan super foydalanuvchi bo'lish huquqini buzib egallagan bo'lasiz va sizning har bir qilgan ishingiz o'z xavfsizligingizga ta'sir qilishi mumkin. Chunki, siz bilib bilmasdan root huquqini talab qiluvchi dasturlarni o'rnatgan vaqtingizda bu dasturlar orasida turli tarkibiy virus dasturlar bo'lishi yoki Android OT uchun xavfli bo'lgan dasturlarni o'rnatib qo'yishingiz oqibatida o'zingizni xavf ostiga qo'yishingiz mumkin;
3.Bir xato va telefoningizni boshqa telefonga almashtirishga to'g'ri kelishi mumkin — ko'pchilik root huquqi haqida bilimlar ega bo'lmagan foydalanuvchi bilib bilmasdan biron tizim fayliga o'zgartirish kiritish vaqtida undan noto'g'ri foydalanish oqibatida o'z mobil qurilmalarini buzib qo'yishlari va xatto butunlay ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunda qat'iyan maslahat beriladi, yetarli tajribaga ega bo'lmagan foydalanuvchi bu huquqdan foydalanmaslik va agar foydalanishga qaror qilgan bo'lsa, turli web sayt yoki forumlarda ko'rsatilgan yo'riqnomalardan foydalanish maslahat beriladi (masalan, XDA-Developers yoki 4PDA).
Super foydalanuvchi huquqining kamchiliklarini to'liq tushinib olganimizdan so'ng endi uning foydali tomonlarini ko'rib chiqsak ham bo'ladi. Bular:
1.Tizim fayllariga o'zgartirishlar kitish mumkinligi — bunda siz Android OT ni o'zingizga qulay ko'rinishga keltirish mumkinligi, OT ish jarayonini tezlashtirishingiz (bu mobil qurilmani qizishiga ham olib kelishi mumkin), turli keraksiz elementlarni olib tashlash yoki boshqasini qo'shishingiz, OT yadrosini tezlashtirishingiz kabi o'zgarishlarni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Bu bilan siz chegarasiz tizim fayllaridan foydalanishingiz imkonyati vujudga keladi.
2.Turli root huquqini talab qiluvchi dasturlani o'rnatishingiz mumkin bo'ladi. Masalan, xotiradagi o'chib ketgan ma'lumotlarni tiklash, turli o'yinlarni buzish (ko'p hollarda online bo'lmagan o'yinlar), hakkerlik dasturlaridan to'liq foydalana olish imkoniyati yuzaga keladi.
3.Turli reklamalardan qutilishning eng oson yo'li — sizni turli reklamalar bezovta qilayotgan bo'lsa, root huquqi orqali buni cheklashingiz mumkin bo'ladi. Sezgan bo'lsangiz root huquqisiz deyarlik reklamlarni to'liq cheklovchi dasturlar mavjud emas. Buning boisi Google bu reklamalar orqali ham o'z manfaatini boyitib boradi.
4.Turli Android OT larni o'rnatish (прошивка) — bu orqali sizning ishlab chiqaruvchi sizga kerakli yangilanishni bermayotgan bo'lsa va siz o'zingizga kerakli yangilanishlarga boy Android OT ni o'rnatib olishingiz mumkin bo'ladi. (Masalan sizning qurilmangiz Android 6.0 va qurilmangiz Android 7.1 yangilanishni qo'llay oladi lekin ishlab chiqaruvchi buni sizga bermayabdi, siz o'zingiz bu yangilanishni yuklab olib o'rnatishingiz mumkin bo'ladi).
Super foydalanuvchi turlari
1.Full root — bu root huquqi hamma tizim fayllari bilan ishlay oladigan, doimiy va hech qanday qayta yuklashda o'chib ketmaydigan turi hisoblanadi.
2.Shell root — bu ham doimiy root huquqi bo'lib, faqat «system» bo'limida yozish va qayta yozish imkoniyatiga ega emas.
3.Temporary Root — orqali siz o'zgartirishlar kiritishingiz lekin tizim qayta yuklanganda bu huquq o'chirib yuboriladi.
Bootloader
Hozirda turli ishlab chiqaruvchilar bu root huququni olish uchun turli himoyalar kitishgan. Bulardan biri bo'lgan «bootloader» ya'ni ishga tushiruvchini bloklashdir. Turli ishlab chiqaruvchilarda bu turli ko'rinishda bo'ladi (ishlab chiqaruvchini bosing va havolaga o'ting):
1.https://androidp1.ru/razblokir ... aomi/
2.https://androidp1.ru/kak-razblokirovat-bootloader-lg/
3. HTS
4. SONY
5. Nexus
6. Huawei
Root huquqini olish uchun dasturlar
Kompyuter orqali:
SuperOneClick, UNREVOKED, MTKdroidTools, VRoot, Geno Tools, Kingo Android Root, RootkitZ, ROOT Wizard, Root with Restore by Bin4ry, Unlock Root Pro, Nexus Root Toolkit, KingRoot, ERoot, DooMLoRD Easy Rooting Toolkit.
Kompyutersiz:
Framaroot, Universal AndRoot, VISIONary+, GingerBreak, z4root, Baidu Root, Romaster SU, Stump Root, Root Zenfone, PingPong Root, 0-click root for Meizu M9.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez tashrif buyuring!