Android operatsion tizimining eng xavfli viruslari Top-5 taligi
Dunyoda juda ko'plab viruslar mavjud bo'lib, ularni sanab sanog'iga yetib bo'lmaydi. Virus aslida nima degan savolga javob bersak. Virus bu dasturiy ta'minot bo'lib, uning boshqa dasturlardan farqi kompyuter foydalanuvchisi uchun emas balki uni ishlab chiqqan va uni ishlata olish imkoniga ega bo'lgan insonlar uchun ishlashidadir. U ham oddiy dastur bo'lib, undan tizim uchun zarar yetkazish yoki hech qanday ziyon yetkazmay shu komyuter egasining ishlarini boshqa bir begona insonga yetkazib berishidir. Eng birinchi mobil qurilmalar uchun virus Ispaniyada 2000 yilda aniqlangan bo'lib, uning nomi «Timofonica» bo'lgan. Hozirgacha ko'plab viruslar bo'lgan va biz sizlarga hozir Top-5 ta eng xavfli viruslar ro'yxatini keltirib o'tamiz.
Triada
Triada — virusi hozirgi kundagi aniqlangan viruslarning eng xavflisi hisoblanadi. Bu virus android mobil telefonga tushgandan so'ng, u superfoydalanuvchi (root) huquqini egallaydi, so'ng tizim haqidagi barcha ma'lumotlarni yig'adi (bularga OT turi, yadro versiyasi, RAM yoki ROM hajmi, o'rnatilgan dasturlar va boshqalar kiradi). Bu ma'lumotlarni internet orqali o'z serveriga yuboradi. Buni qarang-ki, bu virusni ishlab chiqqan dasturchilar ahmoq emas ekan, ular serverlarni bir necha domenlarga ochib qo'yishgan ekan (ulardan 17tasi aniqlangan). Bu ma'lumotlarni qabul qilgan server unga kerakli sozlamalar to'plami va modullarni yuboradi. Uni qabul qilib olgan virus ularni o'rnata boshlaydi va ishga tushiradi. Tabiiy-ki bular operativ xotiraga yuklanadi. Bu vaqtda bu virus ularni ROM (doimiy xotira) dan o'chirib tashlaydi va faqatgina RAM (operativ xotira)da qoladi. So'ng u tizim fayllarini o'z modullariga almashtirib qo'yadi. Bu bilan u o'zini yashiradi. Qarabsiz-ki u sekin astalik bilan butun tizimni qo'lga ola boshlaydi. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni, bank hisob kartangiz, parollaringizni bilib oladi, sizga bank hisob kartangiz haqida yolg'on ma'lumotlarni ko'rsatadi va h.k. Bu virus shunchalik ko'p passiv tarzda harakatlarni amalga oshirishi mumkin-ki oxir oqibatda bularni bajara olmay mobil qurilmangiz ishdan chiqishi mumkin.
2. Shedan
Shedan — «Smartfonlar qotili» nomini olgan, asosan dasturlar orqali (ya'ni turli xil saytlardan ko'chirib olingan, tekshirilmagan dasturlar orqali) smartfonga tushadi. Bu virus mashhur ijtimoiy tarmoq dasturlari bo'lgan Facebook, WhatsApp va Twitter orqali tarqaladi. U reklama viruslariga o'xshab turli reklamalarni tinimsiz ko'rsatadi, uni o'chirishni yoki taqiqlashni hech qanday imkoni bo'lmaydi. Yana bu virus turli dasturlani yuklab olishi va foydalanuvchi ruxsatisiz ham o'rnatishi mumkin. Agar bu dasturlar pullik bo'lsa foydalanuvchi hisobidan yechib olinadi. Bu virusni bekorga «Smartfonlar qotili» demagan edik ya'ni bu virusni mobil qurilmangizni birinchi zavoddan chiqqan holatiga qaytargan taqdirda ham undan qutila olmaysiz. Undan faqat qayta tizim o'rnatish (прошивка qilish) orqali qutilish mumkin.
3. Mazar
Mazar — bu virus sms orqali yuqadigan eng yangi turlaridan biridir. Bunda sizga sms xabar keladi va zararli havola ko'rsatilgan bo'ladi. Unga o'tishingiz bilan virus sizning tizimga tushadi. Bu virus sms xabarlarni o'qishi, o'z egasiga sms yuborishi, telefon qilishi mumkin. Yana bir tomoni bu virus tizimni to'liq egallashi va smartfon foydalanuvchisi haqidagi barcha ma'lumotlarni o'g'irlashi mumkin. Bu bilan u Triada virusiga o'xshab ketadi. Bu virus eng yaxshi holatlarda sizning sozlamalaringizni o'zgartirib yuborishi mumkin.
4. Geinimi
Geinimi — virus sms orqali kelgan havolaga o'tilgandan so'ng, ochilgan web sahifadan yuklab olinadi. Foydalanuvchi uni biror dastur deb ko'radi, ammo u Geinimi virusu bo'ladi. U tizimga tushgandan so'ng tizim haqida ma'lumotlar yig'adi, qo'ng'iroqlar tarixi, sms xabarlar, foydalanuvchi bank hisob kartasini bilishi, doimiy xotiradagi ma'lumotlarni ko'chirib olishi mumkin. Bularni barchasini o'z «egasiga» yuboradi. Bu ma'lumotlardan reklama qilish uchun yoki foydalanuvchi hisob raqamini buzish kabilarda foydalaniladi.
5. Chrysaor
Chrysaor — smartfonga tushgan bu virus birinchi navbatda superfoydalanuvchi (root) huquqini olishga intiladi, agar buning imkoni bo'lmasa, u foydalanmoqchi bo'lgan modul uchun ruxsat so'raydi. Bu virus sms xabarlarni, telefon qo'ng'iroqlar tarixini ko'rishi, lokalizatsiyadan foydalanishi, mikrofon orqali ovozlarni yozib olishi, klaviaturadagi yozuvlarni poylashi, veb brauzerdagi ko'rilgan sahifalar tarixini o'qishi va sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni o'g'irlashi mumkin. Agar bu virus o'zini fosh bo'lib qolganini sezsa, dastur o'zini o'zi yo'q qiladi va xotiradan o'chirib yuboradi.
Mana Aziz do'stlar, sizlar bilan eng xavfli viruslar Top-5 taligini ko'rib chiqdik. Keyingi mavzularimizni kuzatib boring. Keyingi bir necha mavzularimiz «viruslardan himoyalanish usullari», «root huquqi va uning afzalliklari» kabilardan iborat bo'ladi.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun UzHackerSW saytimizga doimo kirib turing!