Blog nima va bloger kim?
Birinchi bloger sifatida Tim Berners Li tilga olinadi, u 1992 yildan boshlab yangiliklarni Internet orqali yoritib borish bilan shug`ullangan. Bloglar 1996 yildan boshlab mashhur bo`lishni boshlagan. 1999 yilda Pyra Labs kompyter kompaniyasi blog xizmatlarini bepul taqdim etuvchi Blogger.com saytini ishga tushiradi va blogerlikni yanada keng tarqalishiga imkon yaratadi.
Hozirgi kunda bloglarning ajralib turadigan jihati shundaki, ularga ma'lumot qo`shish, o`zgartirish juda sodda tarzda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda blogerlarni o`z blogini yuritishi turiga qarab ularni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
- veb-sahifa blogeri,
- youtube bloger;
- ijtimoiy tarmoq (facebook, vkontakt va h.k.) blogeri
- messenjer blogerlar (telegram, instagram, whats'up)
- radio bloger va h.k.
Blogerlar quyidagi yo`nalishlarda asosan ishlashadi:
- bugungi kunga nisbat salbiy fikrlarni bildirish (mavjud siyoyis, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatga nisbatan tanqidiy fikrlar);
- foydali maslahatlar berish (ovqat pishirish, duradgorlik, kiyim tikish, biror bir muammo hal qilish bo`yicha maslahatlar);
- ilm-fanga oid bo`lgan maqolalar (musiqa asboblari, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo bo`yicha qiziqarli amaliyotlar va eksperimentlar);
- biror vaziyatga nisbatan ekspertlar fiklari (yaqin orada yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, yuridik vaziyat)
- va boshqalar.
Bloger va jurnalisning farqi shundaki, bloger mavjud vaziyat yoki muammoga nisbatan shaxsiy yoki odamlar fikrini bildiradi va ko`p hollarda aniq va ishonchli ma'lumotga ega bo`lmaydi. Lekin ular OAV lari tarkibiga kirmaydi.
Jurnalistdan farqli ravishda bloger o`z blogini ochiq tarzda yoki anonim shaklda olib borishi mumkin. Jurnalist esa barcha taqdim etgan axboroti uchun mas'uliyatni o`z zimmasiga oladi. Aynan shu narsa bloger va jurnalistning asosiy farqi hisoblanadi.
Bloger bo`lish uchun jurnalistikaga bilan bog`liq oliygohni tamomlash, diplom olish, turli standart, professional malakaga amal qilish sharti mavjud emas. Ba'zi bir odamlar o`z blogini turli haqorat va qo`polliklar bilan hech qanday faktlarga asoslanmagan fikrlar bilan olib boradi, ularning auditoriyasi esa aynan shuning uchun ularga qiziqish bildiradi.
Jurnalistikada esa kasbiy etika mavjud bo`lib, muloqotda belgilangan doiradan chiqmaslik talab etiladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, bloger- jurnalistdan ko`ra ko`proq faol fuqaroga ko`proq mos keladi.
Blogerlikning ustun tomonlari:
- mutlaqo istalgan mavzuda ishlash;
- istalgan tarzda o`z fikrini bildirish va muloqot madaniyatini chetlab o`tish imkoniyatining mavjudligi;
- faqat shaxsiy fikrlarga asoslangan bloglarni yuritish;
- minimal sharoit va uskunalar bilan ishlash (hozirda birgina smarfonni o`zi ham yetadi bloger bo`lishga);
- anonim tarzda faoliyat olib bora olish;
- agar biror bir moliyaviy foyda kelsa hech kim bilan bo`lishning keragi yo`qligi.