Fleshkalar haqida gaplashdik, endi fleshkalar tiqilishi kerak bo’ladigan joy USB-flesh-yig’uvchi haqida gaplashamiz, u quyidagiga qarab guruhlarga ajratiladi:
-katta hajmi (ёмкость);
-katta o’lchami;
-katta tezligi;
-tokni ko’p iste’mol qilishi.
Ularning bir necha standartlari mavjud:
USB A — standart to'rt chiqishli razyom, unga odatda to'g'ridan to'g'ri fleshka yoki burazyom bilan ishlashimumkin bo'lgan qurilmalar solinadi;
USB B – odatda bosma qurilmalarini bog'lash uchun qo'llaniladi (skaner, printer);
USB mini — USB A ning o'zginasi, faqat ixcham ko'rinishga ega.
USB rivojlanishi quyidagi bosqichlariga ega:
USB 1.1. — 2002-yilgacha chiqarilgan kompyuterlarda USB 1.1. qo'llanilgan bo'lib, uning maksimal tezligi 12 Mb/s (yoki 1,5 MB/s) bo'lgan. Klaviatura va sichqoncha uchun bu yetarli hisoblangan;
USB 2.0. — 2003-yildan chiqarila boshlangan kompyuter va noutbuklar USB 2.0. portlari o'rnatilgan. Maksimal tezligi 480 Mbit/s (yoki 60 MB/s). Lekin bu tezlik faqat laboratoriya sharoitida;
USB 3.0. – tezligini 5 Gbit/s (yoki 625 Mbayt/s) gacha oshirishini mutaxassislar va'da qilishgan. USB 3.0. port uni USB 2.0. bilan adashtirmasliklari uchun ko'k rangga bo'yalgan. Agarda USB 3.0. portiga USB 2.0. portiga mo'ljallangan fleshka tiqilsa, port USB 2.0. tizimiga o'tadi (fleshka olinmaguncha) va USB 2.0. ga mo'ljallangan tezlikda axborot almashadi.
Hozirda USB 2.0. va USB 3.0. ni tashqi tomondan farqlash qiyin. Fleshkani USB 2.0. yoki USB 3.0. portga mo'ljallanganini ustiga yozilganidan bilib olish mumkin lekin odatda USB 3.0 port ham USB 3.0 turidagi fleshkalarning ichki qismi ko'k rangda bo'ladi:
USB 2.0 va USB 3.0