WINDOWS operatsion tizimida keraksiz ma'lumotlarni o'chirish (umumiy holatda)

14.03.2020 / 10:10Qobiljon 503
Bugun biz siz bilan WINDOWS operatsion tizimida keraksiz ma'lumotlar ya'ni damp fayllari (biror dastur ishlagandan so'ng qoladigan fayllar), WINDOWS ning hisobotlari va turli keraksiz fayl va ma'lumotlarni WINDOWS operatsion tizimining o'zi orqali tozalashni ko'rib chiqamiz.



1-rasm. Buning uchun biz ish stolida turib «Этот компьютер» ga kiramiz


2-rasm. Xoxlasak «Локальный диск ©» ga xoxlasak «Локальный диск (D)» ga sichqonchani olib borib o'ng tugmasini bosamiz va «свойства» ga kiramiz


3-rasm. So'ng quyidagicha oyna ochiladi va «Очистка диска» ni bosamiz. Biz «Локальный диск ©» ni tanladik. Bu ishni xuddi shunday tarzda «Локальный диск (D)» bilan ham amalga oshirish mumkin


4-rasm. Bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bu oyna «Локальный диск ©» dagi keraksiz fayl va ma'lumotlarni izlab topadi (tizim uchun keraksiz bo'lgan yoki o'chirish mumkin bo'lgan)


5-rasm. Ochilgan oynada quyidagilarni ko'ramiz
1. Bu yerda topilgan keraksiz ma'lumotlardan qanday ma'lumotlarni o'chirishni o'zimiz belgilaymiz (lekin bu oyna ochilganda tizimning o'zi avtomatik belgilaganlari bilan ochiladi);
2. Bunda esa tizimga chuqurroq kirgan holatda operatsion tizimning damplarini ham tozalash mumkin;
3. O'chirmoqchi bo'lgan ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati ya'ni 1-orqali tanlagan joyimizdagi ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin.


6-rasm. Belgilab bo'lib «OK» tugmasini bosamiz


7-rasm. So'ng bizda rostdan ham o'chirishni xoxlaysizmi degan tasdiqlovchi oyna ochiladi va biz «Удалить файлы» tugmasini bosamiz


8-rasm. Bizda tozalash jarayon amalga oshiriladigan oyna ochiladi va bu oyna yopilgandan so'ng bizning tozalash ishimiz tugatiladi.

Muallif haqida

Qobiljon

Magistr. Internetdan maʼlumot qidirish va yuklash boʻyicha mutaxassis.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast



Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi