Windows OT dagi CMD yordamida wi-fi nuqtasini (hotspot) ishga tushiramiz

27.04.2020 / 08:49Akbarali 352
Salom do'stlar! Sizlar bilan UzHacerSW jamoasi. Bugun biz kompyuterimizda «cmd» buyruqlar terminali yordamida wi-fi nuqtasini faollashtiramiz. Unda boshladik.

1. «Pusk» tugmasini bosamiz va qidiruv qismiga «cmd» deb yozamiz va bizda quyidagicha oyna qidiruv natijasini ko'rishimiz mumkin bo'ladi:



2. So'ng biz topilgan natijani ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va «Запуск от имени администратора» bo'limini tanlaymiz:





3. So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi:



4. Keyin biz bizning kompyuter wi-fi nuqta (hotspot) ni qo'llay olishini tekshirish uchun shu qatorga quyidagi buyruqni kiritamiz va enter tugmasini bosamiz (qo'shtirnoqlar qo'yilmaydi):
«netsh wlan show drivers»


5. So'ng paydo bo'lgan ma'lumotlar ichidan «поддержка размещенной сети» qismini tekshiramiz va u yerda «да» yozuvi mavjud bo'lsa, demak bizni kompyuter wi-fi nuqtani qo'llay oladi:



6. Agar sizda 5-qadam amalga oshgan bo'lsa, siz quyidagi buyruq yordamida wi-fi nuqtani hosil qilishingiz mumkin bo'ladi (qo'shtirnoqsiz):
«netsh wlan set hostednetwork mode=allow ssid=UzHackerSW key=12345678»
Agar siz buyruqni to'g'ri va aniq yozgan bo'lsangiz sizda quyidagicha yozuv hosil bo'ladi. Ha aytgancha enter tugmasini albatta bosing:



ESLATMA!!! Buyruq yozayotganingizda qator to'lib qolsa, o'zi keyingi qatorga avtomatik o'tadi. U yerda enter tugmasini bosish kerak emas.

Ssid nomini ya'ni «UzHackerSW» nomini va parolni ya'ni «12345678» ni ixtiyoriy qo'yishingiz mumkin.

7. Biz wi-fi nuqtasini hosil qildik endi uni ishga tushirish uchun quyidagi buyruqni kiriting:

«netsh wlan start hostednetwork»

Buyruqni kiritib albatta enter tugmasini bosamiz va agar sizda muvaffaqiyatli ishga tushgan bo'lsa quyidagicha yozuv hosil bo'ladi:



Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, pasda o`z fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin

Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.

Muallif haqida

Akbarali

Web dasturchi dasturlashda php, js, css3, html5, SQLdan foydalanadi. API kalitlar bilan ishlashni yaxshi ko`radi.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast



Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi