SSD - hozirgi kunda HDD ning o`rnini tezda egallayotgan doimiy xotira qurilmasi. Uning HDD dan afzallik tomonlari bir talay:
- yengil;
- shovqinsiz;
- sezilarli darajada tezkorroq;
- qo`lingizdan tushib ketishi va uloqtirishlarga bardoshli !
Hozirgi kunda juda ko`p noutbuklar SSD bilan chiqmoqda. Bu sizga qurilmangizni yanada tezkor ishlashini xis etish uchun ko`mak beradi. Lekin, shu adolat uchun aytish kerakki, ular yetarlicha qimmat. Misol uchun, 256 GB hajmdagi SSD ning narxi salkam 1 TB HDD narxi bilan teng.
Agar siz noutbuk yoki kompyuteringizni tezkorligini oshirish maqsadida SSD qo`ymoqchi bo`lsangiz, to`g`ri qilasiz, ammo, SSD sotib olishda oldin uning turlari bilan tanishib chiqishingizni maslaxat beramiz. Quyida shu haqida gap ketadi.

Sata SSD lar dizayn jihatdan huddi HDD larni eslatadi, faqat nozikroq va yengilroq so`ngra tezroq ham. Ular odatda klassik o`lchamdagi noutbuklar va shaxsiy kompyuterlar uchun mo`ljallangan. Bunday SSD larda ma'lumot almashis tezligi 550 MB/s va undan ham baland bo`lishi mumkin.

Bunday SSDlar asosan server va shaxsiy kompyuterlar uchun mo`ljallangan. Turishidan Videokarta ni eslatib yuboruvchi SSDlar SATA SSD ga qaraganda tezroq ishlaydi, ularda ma'lumot almashish tezligi 780 MB/s va undan ham yuqori bo`ladi.

Haaaaa, ko`rinishidan burgaga o`xshab ketadigan bu SSD (burgaga o`xshatish muallif fikri, xolos), 550 MB/s tezlikda ma'lumot almashishga mo`ljallangan va ixcham qurilmalar - netbook, ultrabooklarda qo`llanilgan. Hozirda esa o`z o`rnini takomillashishga moyilroq bo`lgan M.2 ga bo`shatib bermoqda.

Hozirgi kunda keng tarqalayotgan SSD turlaridan biri. Planshet, UltraBook, NetBook kabi nozik bo`lgan qurilmalarga doimiy xotira sifatida qo`llaniladi, tezligi 550 MB/s - 780 MB/s atrofida. Tezlik asosan ishlab chiqaruvchi firmaning qo`llagan standartlari va arxitekturasi hamda materiallari hisobiga yo yuqori, yo pastroq bo`ladi. M.2 NVMe dan kontaktlari 3 qismga bo`lingani bilan farq qiladi. Bu qismlar uning 2 ta kalit bilan ishlashini bildiradi.

Dizayn jihatdan M.2 SATA SSD ga juda o`xshash bo`lgan M.2 NVMe SSD tezlik jihatdan adashidan ustunroq turadi. Bu SSD ni odatda turli grafik muharrirlar yoki yuqori sifatli o`yin ishqibozlari qo`llaydi. Yuqoridagi turdoshidan kontaktlari 2 taligi bilan farqlanadi. NVMe energiyadan mustaqil bo`lib, to`g`ridan to`gri kompyuter bilan aloqa qiladi va SATA standartidan foydalanmaydi. NVMe energiyadan mustaqil bo`lib, to`g`ridan to`gri kompyuter bilan aloqa qiladi va SATA shinasidan foydalanmaydi va shu orqali 3500 MB/s tezlikka erishishi mumkin. Bu esa M.2 SATA dan kamida 6 marta ko`p demakdir.