Tas-ix bu O'zbekiston hududida joylashgan sayt serverlari emas balki Toshkentdagi internet orqali ma'lumotlar almashinuv nuqtasi deb tariflasak to'g'ri bo'ladi. Bu bilan hamma ".uz" saytlari Tas-ix degani emas ya'ni Tas-ix so'zi quyidagicha ta'riflanadi: Tas — Toshkent (inglizcha Tashkent) so'zining qisqartmasi, IX — Internet almashinv nuqtasi (inglizcha Internet eXchange Point). Ya'ni Tas-ix hududiga kirgan har qanday sayt provayderlar tomonidan trafik hisoblamaydi va u yerdan bepul foydalanish imkoniyatiga egamiz. Provayder tushunchasini ko'radigan bo'lsak, provayder sodda qilib aytganda, bizga internetni taqdim etuvchi hisoblanadi. Dastavval Tas-ix ishtirokchilari 5ta provayder bo'lgan bo'lsa, hozirda 30 ga yaqin provayderlar ishtirokchidir.

1-rasm. Tas-ix.

2-rasm. Ulugov.uz sayti

3-rasm. Saytning tas-ix ekanligni tekshirish.
Saytning Tas-ix ekanligini bilishning yana bir usuli bu hamma tas-ix saytlarning oxirida «Tas-ix» yozuvini ko'rish mumkin.
Bundan tashqari TPS.UZ sayti orqali ham saytning tas-ixda joylashganini tekshirishingiz mumkun.

4-rasm. Siz istagan saytingizni yozishingiz mumkun