Lenovo shunchalar yomon(mi?)

28.03.2020 / 17:29Qobiljon 594
Hammamizga ma'lumki, odatda biror bir mahsulotning narxi qancha baland demak u shuncha yaxshi va sifatli, agar narxi past bo`lsa yomon va sifatsiz degan fikr keladi. Texnika borasida gap ketganda, ayniqsa Noutbuklar haqida gapirganda bu har doim ham to`g`ri kelavermaydi. Chunki, ba'zilar $100-200 bahoda olgan noutbuklarini 10 yildan beri ishlatmoqda, ba'zilarning $500-600 narxdagi noutbuklari esa allaqachon yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.

Lekin, shunday bir firma borki, ularning arzon narxdagi noutbuklarini umuman olmagan ma'qul, gap - Lenovo haqida.

Lenovo firmasiga nisbatan xusumatim yo`q, bu firmani yomonlash niyatim ham, lekin bu maqola mutoalachilariga shaxsiy kuzatuvlarim natijasida yuzaga kelgan fikrlarimni yetkazib qo`yishim kerak deb bildim.
1. Imkon qadar Lenovoning budjet noutbuklarini olmang! Budjet noutbuklar bahosi $250-300 gacha bo`ladi. Ular faqat va faqat ofis uchun mo`ljallangan va o`yinlar, video ko`rish, oddiy dasturlarda ishlash ham bu narxdagi noutbuklarni tez charchatadi. To`g`rirog`i, bu narxdagi Lenovo noutbuklarining o`zi tez ishdan chiqadi.
2. Sizga 5-7 yilga muammosiz ishlab berishi mumkin bo`lgan Lenovo noutbukining eng minimal narxi hozirda $400 dan boshlanadi. Undan arzonini olmang.

3. Dizayn va silliq qoplamga aldanmang! Foydalanayotganingizda dizayni har doim ham qulay bo`lib chiqmaydi, silliq qoplam esa barmoqlaringiz va kaftingiz izlari bilan qoplanadi.
Lenovo brendini ko`pchilik arzon noutbuklar bilan bog`lashadi. Lekin, bu brend asosan qimmat noutbuklarining sifati yaxshiligi bilan ajralib turadi. Masala shundaki, Lenovoning arzon qurilmalari ba'zida o`z-o`zidan ham ishlamay qoladi. Hech bir boshqa firma noutbuklarida yuzaga kelmaydigan muammo aynan shu firmanikida yuzaga keladi: goh Wi-Fi ni yaxshi ushlamay qoladi, goh ekran o`zini g`alati tutishni boshlaydi, goh hammada ishlagan dastur sizda ishlamaydi!

To`g`ri, bu firmaning $700 narxdagi noutbuklari haqiqattan sifatli va o`z narxiga arziydi, ularda qimmat va yaxshi ehtiyot qismlari qo`llaniladi. Lekin, aynan shu narxdagilarida! Agar siz arzonroq qurilma olmoqchi bo`lsangiz, sifati ham narxiga proporsional ravishda pasayib boraveradi.

Lenovo Legion Y540-15IRH
$200-300 narxga noutbuk olmoqchi bo`lsangiz, Asus, Acer va Dell kabi firmalar tavsiya qilaman, faqat Lenovoni emas!

Muallif haqida

Qobiljon

Magistr. Internetdan maʼlumot qidirish va yuklash boʻyicha mutaxassis.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Qobiljon 07.07.2020 / 12:55 #157

Mamatkulov, balki siz qimmatroq variantini olgandirsiz. Maqolada aytganimdek, Lenovoning $500 va undan yuqori narxdagi noutbuklari narxiga arziydi, lekin, n3060 va shu kabi protsessorlar asosidagi $200-300 qiymatdagi noutlar boʻmaydi.
Shuni ham unitmaslik kerak-ki, agarda siz word/excel dan chiqmagan boʻlsayiz, unda siz lenovo bilan bogʻliq muammolarga duch kelmagansiz

Javob berish


Mamatkulov 07.07.2020 / 11:29 #156

Kuzatishlarim bo'yicha lenovo yaxshimas debsiz.. kamroq kuzatgan ekansiz. Men lenovo ishlataman hali atkaz bermagan shu paytgacha. rabochiysini oganman. necha yillardan beri hizmat qilyapti
Javob berish


ABBOSKHONOFF 06.04.2020 / 13:26 #18

Tavsiyalaringizni yodda tutaman va amal qilaman. Katta rahmat
Javob berish


TepaPast



Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi