Qaysi dasturlash tilini o'qigan ma'qul?! (2-qism)

Apr 7, 2022 11:16 AM Qobiljon 277

1-qism quyidagi ilovada: Maqolaga kirish

Ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, saralash kabi vazifalarga qiziquvchilar ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo‘lgan SQL, MySQL, Data Science va shu kabi dasturlarni o‘rganishari kerak. Ma’lumotlar bazasi veb dasturlashda ham, robototexnikada ham, sun’iy intellektda ham kerak bo‘ladi. Shu sabab ular yuqorida sanab o‘tilgan dasturlash yo‘nalishlari bilan birga o‘qitiladi.

Bu yo'nalishda ketuvchilar tuzadigan odatiy model

Bu yo‘nalish kimlar uchun: jadvallar va sonlardan qo‘rqmaydiganlar, asablari bardoshli, ko‘zlari o‘tkir odamlar uchun. Bir qarashda sodda va keraksizdek tuyiluvchi bu yo‘nalish juda-juda muxim hisoblanadi.

Turli rasmlar, chizmalar, o'yin va multfilm qahramonlari chizmalari, dizaynerlik yo‘nalishlariga qiziquvchilar Photoshop, Illustrator, 3D MAX, 3D Unity, CorelDraw, AutoDesk kabi dasturlarni o‘rganishlari mumkin. Bu dasturlarni yuqoridagilaridan asosiy farqi, ularda kod deyarli yozilmaydi, 90% ish sichqoncha (hozirda planshet) tomonidan amalga oshiriladi.

Bu yo‘nalish kimlar uchun: sonlarni, formulalar, turli jadvallari yoqtirmaydiganlar aynan shu yo‘nalishdan ketishlari mumkin. Bu yo‘nalish sizdan sabr, kreativlik va kuchli kompyuter talab qiladi.

Kuzatish, boshqarish, nazorat qilish ga qiziquvchilar uchun Networking (Tarmoq) sohasi bo‘yicha ketish tavsiya qilinadi. Bu soha vakillari internet va tarmoqning ishlashiga javob beradi. Misol uchun, siz tashkilotda ishlaysiz, sizga xavfsiz internet va kompyuterlar orasida ma’lumot almashish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu ishni aynan Networking ustalari amalga oshiradi. Ularni odatda Tizim Administratorlari deyishadi. Networking ni o‘rganish uchun asosan Cisco, Huawei, ZTE, Oracle kompaniyalarining kurslariga boriladi.

Bu yo‘nalish kimlar uchun: bir marta ish qilib, qoglaniga dam olishni istovchilar uchun. Agar tashkilot tarmog‘i to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa, unda Tizim Administratorining asosiy vazifasi faqat kuzatish bo‘ladi. Lekin, chang va zaxga ham tayyor turish kerak. Chunki, ko‘plab tarmoqqa oid qurilmalar zax omborlarda saqlanadi. Kerak bo‘lganda o‘sha ombordan 10-qavatdagi kompyuter stoliga tarmoq kabeli tortishga to‘g‘ri keladi. Muximi, ishdan qochmaslik!


Muallif haqida

Qobiljon

Magistr. Internetdan maʼlumot qidirish va yuklash boʻyicha mutaxassis.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

admin 17.05.2022 #235

Hasking qilolmaysiz yaxshilab zashitalangan. Telfon raqamni tasdiqlagansiz maslahatim bunga urunmang


Pentester01 17.05.2022 #231

alert(1)