Juda ko`p joy oluvchi - pagefile.sys haqida
Agar diqqat bilan qarasak, C diskimizda pagefile dan boshqa yana bir fayl noma'lum sababsiz ulkan miqdorda joyni band qilar ekan. Bu - Hiberfil.sys faylidir.
Hiberfil.sys va Pagefile.sys ning ishlash funksiyasi bir xil: qancha RAM (Tezkor xotira/ОЗУ) katta bo`lsa, Hiberfil.sys va Pagefile.sys ham shuncha katta bo`ladi. Pagefile.sys nega kerakligini bildik, hiberfil.sys nega kerak?!

Hiberfil.sys - bu, kompyuter/noutbuk uyqu rejimiga tushganida RAMdagi ma'lumotlarni o`ziga (HDD) yuklab olish uchun yaratiluvchi fayl. Uning maqsadi shundaki, agarda siz kompyuteringizni "uyqu rejimi"ga qo`ysangiz RAMdagi ma'lumotlar o`chib ketishini oldini olish va qurilma qayta ishga tushganda uyqu rejimiga tushishidan oldin ekranda aks etgan ma'lumotlarni qayta yuklamasdan tezkor aks ettirish uchun mo'ljallangan.
Sodda qilib aytaman: aytaylik siz noutbukdagi brauzerdan biror bir sahifani ochdingiz va ma'lum bir vaqtdan keyin brauzerni yopmasdan noutbukni berkitib boshqa ishlar bilan mashg`ul bo`ldingiz. Keyin esa kelib yana noutbukni ochdingiz va brauzerdagi sahifalarni ko`rishda davom etdingiz. Bunda sizga aynan hiberfil.sys yordam bergan. U o`ziga RAMdagi ma'lumotlarni qurilma uyqu rejimiga tushishidan oldin yuklab olgan va qurilma qayta ishga tushganda sizga taqdim etgan.
Eslatma: qurilma (noutbuk/kompyuter) o`chib yonganda yoki uyqu rejimiga tushganda RAM tozalanadi, undagi ma'lumotlar o`chib ketadi.
Agarda sizga hiberfil kerak bo`lmasa, uni o`chirib qo`yish ham mumkin. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1-usul. Buyruqlar satri

Buyruqlar satrini Administrator shaklida ochib - "powercfg -h off" tering. Hiberfil.sys yo`qoladi. Uni qaytadan paydo qilish uchun esa "powercfg -h on" deb yozasiz.
2-usul. Batareyka menyusi orqali

"Elektr ta'minot" qismidan "Uyqu rejimiga o`tishni sozlash"ga o`tiladi.

"Ta'minotning qo`shimcha parametrlarini o`zgartirish"ga bosiladi

"Uyqu" qismidan "Gibernatsiyadan so`ng" qismiga "yo`q" deyiladi yoki "0" (nol) qiymat beriladi.
Yuqoridagi ishlarni bajarganingizdan so`ng Hiberfil.sys yo`qoladi. Qaytarish uchun esa yuqoridagi ishlarni teskarisini qilish kifoya.