Iyul oyida Apple komopaniyasi App Store ning "Today" qismida reklamalar namoyish qilish orqali reklama sohasidagi biznesini kengaytirmoqchi ekanligni xabar bergan edi.
25 oktabr 2022 yildan boshlab App Storeda qo'shimcha ikki kategoriyada reklamalar qo'yilishni boshlaydi, bunday harakat Xitoydan boshqa barcha davlatlarda amal qiladi.
Ma'lum bo'lishicha, kompaniya dasturchilarga App Storening "Today" qismiga reklama joylashtirish imkoniyatlari haqida xabardor qilgan.
""Today" dagi reklama hisobiga sizning ilovangiz App Store bosh sahifasining ko'rinarli qismidan joy oladi, bu esa unga foydalanuvchilar App Store ga kirishi bilan ularga birinchilardan bo'lib ko'rinish imkonini beradi" - deyiladi Apple Search Ads qo'llab-quvvatlash sahifasida.