Bir protsessorga 2 ta monitor ulash
Agarda siz o`zingizni hakkerdek xis qilmoqchi bo`lsangiz sizga hech bo`lmaganda 2 ta monitor kerak
Ha, 2 ta va undan ko`p monitorda ish olib borish sizni «kompyuter mutaxasissi» qilib ko`rsatadi, hattoki siz kompyuterni qanday yoqishni bilmasangiz ham!
Avvalgi maqolalarimizning birida biz Bitta monitorni ikkita kompyuterga ulash! va ishlatishga imkon beruvchi qurilmani ko`rgan edik. Bu maqolamizda bir protsessor orqali bir necha monitorlardan foydalanishni ko`rib chigan edik.
Bir necha monitorga ega bo`lish sizga nafaqat chiroyli ko`rinish beradi, balki bir vaqtda ham video/yangilik ko`rish va o`yin o`ynash/ishlash imkonini beradi. Ya'ni, bir ekranda siz o`yin o`ynasangiz, ikkinchisiga biror bir kinoni qo`yib qo`yishingiz mumkin, shu orqali bir necha kishi be'malol, bir biriga halal bermagan holatda bitta protsessordan foydalanishi mumkin. Bu ayniqsa, uyda kichkina bolalar bo`lganda qo`l keladi. Bir monitorga ularga multfilm qo`yib qo`yib, ikkinchisida o`z ishingiz bilan mashg`ul bo`lishingiz mumkin!
Bir protsessor orqali bir necha monitordan foydalanish uchun eng asosiy kerak bo`ladigan narsa bu — VideoKarta:
VideoKarta
Eskiroq videokartalarda VGA, DVI portlari bor edi. Yangilarida esa odatda HDMI, DVI portlari mavjud, VGA portdan esa voz kechilmoqda.
Yangi videokartalarning ort tomondan ko`rinishi
Videokartada qancha ko`p port bo`lsa, siz shuncha ko`p monitorni bitta protsessorga bog`lashingiz mumkin bo`ladi.
Bitta videkartaga bir necha monitorning bog`lanishi
Protsessorga bir necha monitorni ulamoqchi bo`lganda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Videokarta portiga ulgan monitor va motherboard (ona plata) portiga ulangan monitor bir birini ko`rmaydi va aloqa qilmaydi — siz monitorni yo motherboardga ulashingiz yoki faqat videokartaga ulashingiz kerak.
Agarda sizning monitoringizda faqat VGI port mavjud bo`lsa lekin video kartada faqat DVI yoki HDMI port bo`lsa qo`shimcha modul orqali bog`lash hech qanday muammoni tug`dirmaydi — siz yangi monitor sotib olishingiz shart emas!
Monitor harakteristikalari bilan sizning videokartangiz harakteristikasi mos kelishi kerak — siz super videokartaga 22 dyumli monitorni ulab undan yuqori sifatni talab qila olmaysiz yoki arzon videokartani 55 dyumli monitorga ulab tiniq tasvirga umid qilmang. Ularning chastotalari va boshqa parametrlari imkon qadar mos kelishi kerak.
Zamonaviy TV larni ham monitor sifatida foydalanish mumkin, faqat… — bunda yuzaga keladigan asosiy kamchilik — TV chastotasi bilan video karta chastotasining muvofiq kelmasligidir. Ayrim monitorlar zamonaviy TV lardan ham qimmat turadi, chunki ular yuqori chastota ishlaydi va imkon qadar tiniqlikni aks ettiradi. TV lar esa odatda bunday tiniqlikka ega emas, chunki TV larni kamida 1 metr uzoqlikda tomosha qilish tavsiya etiladi. Shu sabab ular oddiy monitorlar kabi tiniqlikka ega emas. Monitorlarni esa uzog`i bilan 1 metr masofada foydalaniladi.
Video karta sotib olishda motherboard ning hajmini ham hisobga oling — agarda sizda ixcham va ofis ishlari uchun mo`ljallangan protsessor bo`lsa tabiiyki uning motherboardi ham shunga yarasha kichik bo`ladi, ya'ni, unda videokartani qulay qilib joylash uchun joy bo`lmayd, bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Agarda siz kelajakda videokarta orqali bir necha monitordan foydalanishni rejalashtirgan bo`lsangiz kattaroq motherboard va keys sotib oling.
Bir vaqtda turli firmalarning monitorlaridan foydalanish mumkin, aynan bir xil firmanikidan sotib olish majburiy emas! Muximi, ishlash chastotasi mos kelishidir.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.