Yangilanishdan (Обновление) klaviatura va touchpad ishlashdan toʻxtadi!!!
Ba’zida shunday boʻladiki, “qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarib qoʻyishimiz”ga sal qoladi.
Tanishlarimdan biri noutbukini tekshirtirishga berdi. Yangi noutbuk, hech qanday muammolarsiz, shundaki, video koʻrishda biroz qiynalayotgan ekan. Codeck (video/musiqa uchun formatni aniqlovchi qoʻshimchalar) oʻrnatish va ayrim driverlarni yangilash kerak edi. Odatda bunday holatlarda SamDrivers dan foydalanaman. Uning ichida koʻplab driverlar boʻlib, har oy yangilanib boradi.
An’anaga muvofiq SamDriversni ishga tushirdim va u “yangilash”ni soʻragan barcha driverlarga – yangilashni bosdim.
Ana oʻshanda hammasi boshlandi: klaviatura va touchpad oʻz-oʻzidan ishlamay qoldi.
Noutbuk «Touchpad»i
Boshida hayolimga drayver oʻrnatilmaganmikan degan narsa keldi. SamDrivers ni qayta ishga tushirdim, haqiqattan klaviatura va touchpadga javob beruvchi driver yangilanmagan ekan. Uni yangiladim. Lekin yordam bermadi va driver hali ham “yangilanmagan’ holatida turaverdi. Balki klaviatura va touchpad “kuydi”, “kabeli joyidan qoʻzgʻalib qoldi”, “nimaduri yaxshi tegmayapti” – degan hayollar kela boshladi. Qayta dasturlasammikan (Переустановка) degan fikr ham joʻsh ura boshladi.
!!!! Bunaqa vaziyatda shoshma-shosharlik bilan ish tumang.
Oxiri, yaqinda oʻrnatishga uringan driverimni oʻchirib tashlashga qaror qildim.
Klaviaturaning driverini o`chirish
Klaviaturani driverini oʻchirib tashladim va qayta ishga tushirdim (перезагрузка). Klaviatura ishlashni boshladi lekin touchpad hali ham jim edi. Yana SamDriverga murojat qildim va oʻrnatilmay qolgan driverni qayta oʻrnatishga urindim. Natijada,… klaviatura yana ishlashdan toʻxtadi.
Touchpad driverini o`chirish
Tushinishim boʻyicha, noutbuklarda klaviatura va touchpadga javob beruvchi funksiyalar bitta driveri orqali ishga tushirilar ekan. Bu safar endi ham klaviaturani, ham touchpad driverini oʻchirib tashladim. Oʻchirib yoqishdan soʻng qarang-ki, ikkalasi ham ishlashni boshladi! Hayriyat.
Xulosa: ba’zi bir yangilanishlar – driverlar oʻrtasida – “конфликт ” (tushunmovchilik)ka olib keladi. Agarda, siz biror bir driverni yoki programmani va uning qoʻshimchalarini oʻrnatganingizdan soʻng noutbuk yoki komyuteringizga oʻrnatganingizdan soʻng, qandaydir qismlar ishlashdan to`xtasa, oʻrnatilgan driverlarni oʻchirib tashlang. Qayta dasturlashga shoshilmang !!!