Bitta monitorni ikkita kompyuterga ulash!
Hozirgi kunda ko'p uchrashi mumkin bo'lgan holatlardan biri: — «Menda 2-3 ta kompyuterim bor!» kabi vaziyatdir.
Haqiqattan ham, hozirda ko'plab foydalanuvchilarda bir nechta kompyuter yoki noutbuklar mavjud. Internet rivojlanishi va yuqori sifatli videolarga bo'lgan talabning ortishi esa bizning kompyuter va noutbuklarimizga yuqori talabni qo'ymoqda.
Ayrim tanishlarim: — «Men uyda kompyuter/noutbukimni VGA/HDMI kabel orqali o'zimning 44 diagonalli televizorimga ulab olib, mazza qilib o'yin o'ynayman, video ko'raman» degan gaplarini borgan sari tez-tez eshityapman. Ha, katta ekrandan rohatlanishga nima yetsin?!
Afsuski, hozirgi kunda negadir (rostan ham bilmayman, negaligini) oddiy, faqat va faqat tasvir ko'rsatishga mo'ljallangan monitorlarning narxi keskin oshib ketdi:
olcha.uz saytidan
asaxiy.uz saytidan
arba.uz saytidan
To'g'ri, ayrim foydalanuvchilar aytishi mumkin — «sifati, diagonali, firmasi va hokazo hisobiga qimmat» deb, lekin, ularni fleshka o'qishga mo'ljallangan, HDMI ni qo'llab quvvatlovchi, ovoz kolonkalariga ega bo'lgan to'laqonli televizorlar bilan solishtiradigan bo'lsak, unda monitor olishga xohish yo'qoladi ham:
arba.uz saytidan
Endi, masalaga qaytamiz! Aytaylik, siz bir necha maoshingiz (stipendiya)ni asrab-avaylab protsessor yig'dirdingiz, lekin monitor sizga qimmatlik qilmoqda. Agarda sizda bir nechta protsessor/noutbuk bo'lsa-yu lekin monitor faqat bitta bo'ladigan bo'lsa, unda siz «VGA Switch» qurilmasidan foydalanishingiz mumkin:
VGA SWITCH. 1 ta monitor va 2 ta kompyuterga mo'ljallangan
Bu orqali siz be'malol bitta monitorni galma-gal ikkita protsessor uchun ishlatishingiz mumkin. Oldidagi ikki tugma sizga ish vaqtidan ortiqcha urinishlarsiz protsessorlarni o'zgartirishga imkon beradi (Monitor ikkiga bo'linmaydi!). VGA SWITCH ning ko'plab protsessorlar uchun mo'ljallangan boshqa turlari ham bor:
4 ta protsessor uchun mo'ljallangani
8-ta protsessor uchun mo'ljallangani
Bu qurilmaning asosiy kamchiligi shundaki, agarda siz protsessorlarni televizorga ulamoqchi bo'lsangiz sizning televizoringizda (tabiiyki, protsessor/noutbukingizda ham) VGA port bo'lishi shart!
Yana bir kamchiligi, sizga VGA kabelning ko'proq kerak bo'lishidir!
VGA kabel
Ishlashiga na'muna
Agarda sizga bunday VGA SWITCH qurilmasi yoki VGA kabel kerak bo'lsa, telegram orqali Qobiljon murojaat qiling.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.