Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi

Button tugmasi yordamida piezo elementdan ovoz chiqishini o'rganish+(video)

14.03.2020 / 10:36Akbarali 161
Salom salom do'stlar, sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Bugungi maqolamizda button tugmasini bosganimizda LED chiqorchasini yonishini va piezo elementdan ovoz chiqishini o'rganamiz.
Bizga kerakli elementlar:
1. Arduino Uno platasi.


2. Oddiy plata (breadboard).


3. Papa-papa turdagi kabel.


4. Qarshilik (2 kOm).


5. Button (knopka)


6. Piezo - boshqacha qilib aytganda kichik kalonka, bu element odatda ma’lum signalizatsiya uchun ishlatiladi. Misol, qilib kompyuterni ishga tushirganda biz turli signal ovozni eshitamiz, ya’ni bu tizimda hech qanday kamchilik mavjud emas degani yoki ba’zida uzun-uzun chiyillagan ovoz eshitishimiz mumkin, masalan, bu operativ xotira ishlamayabdi yoki mavjud emas yoki boshqa qurilma bilan nosozlik mavjud degan ma’noni anglatadi.
Ulanish sxemasi:

Dastur:
  1. int button = 7;
  2. int piezo = 6;
  3. void setup() {
  4. pinMode(button, INPUT);
  5. pinMode(piezo, OUTPUT);
  6. }
  7. void loop(){
  8. if (digitalRead(button) == HIGH) {
  9. tone(piezo,tone);}
  10. else {
  11. noTone(piezo);
  12. }
  13. }
ESLATMA: Button tugmachasini ixtiyoriy 2ta juftlik tomonidan quyidagi sxema ko'rinishida ulashingiz mumkin lekin agar boshqa tomonlardan yoki yuqoridagi bir taraflamani o'rnini almashtirib ulasangiz sizning sxema ishlamaydi.
Piezo elementni oyoqchasini farqlash uchun uning yuqori qismida "+" belgisi qo'yilgan qismiga raqamli portni ulaymiz va boshqa oyoqchaga "GND (zemlya)" ni ulaymiz. Agar sizda unday belgi bo'lmasa, oyoqchani uzun yoki kaltaligidan ham bilsa bo'ladi ya'ni uzun oyoqcha bu musbat va kaltasi esa manfiy.

Agar siz xuddi yo'riqnoma kabi amalga oshirgan bo'lsangiz, sizda LED chiroqcha albatta knopka orqali yoqib o'chira olasiz.Agarda unchalik bu narsaga tushunmagan bo`lsangiz pasda video ko`rsatmani ko`ring.

Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, savollarigizni pastda yozib qoldirishingiz mumkin.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.

Muallif haqida

Akbarali

Web dasturchi dasturlashda php, js, css3, html5, SQLdan foydalanadi. API kalitlar bilan ishlashni yaxshi ko`radi.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast