Brauzerga kengaytma qo'shish orqali reklamalarni cheklash. Buni quyidagicha amalga oshiramiz:

Google chrome brauzeriga kiramiz va quyidagi 2ta usuldan birini amalga oshiramiz:
1. Rasmda ko'rsatilgan ketma-ketlikda kengaytmalar bo'limiga kiramiz;
2. Brauzerning manzil yozadigan qismiga «chrome://extensions/» deb yozamiz va Enter klavishasini bosamiz.

Bizda quyidagicha kengaytmalar oynasi ochiladi. Bu yerda bizda qanday kengaytmalar mavjud ekanligini ko'rishimiz va ular bilan sozlamalar ishini olib borishimiz mumkin

Biz bu oynani oxiriga tushamiz va «Ещё расширения» tugmasini bosamiz

Bu ochilgan sahifa veb sayt bo'lib, uni kengaytmalar do'koni desak ham bo'ladi. Bu sayt orqali biz o'zimizga kerakli kengaytmalarni topishimiz mumkin

Mana bizga kerakli kengaytma

Kerakli kengaytmani tanladik endi «Устоновить» tugmasini bosamiz

Bizda kengaytmani tasdiqlash uchun kichik oynacha ochiladi. Uni tasdiqlaymiz va kengaytmani ko'chirib olish va uni o'rnatish ishi boshlanadi

Kengaytmani o'rnatganligimiz haqida oyna ochiladi

Kengaytma o'rnatilganligini mana bu orqali ham bilish mumkin (chrome oynasining yuqori o'ng burchagi)
Kengaytmani o'rnatganimizdan so'ng qanday hodisa ro'y berishini amaliyotda sinab ko'rsak ya'ni:

Biron saytga kiramiz. Mana bizning reklamamiz (hamma saytda turlicha reklamalar bo'lishi mumkin)

Kengaytmani o'rnatganimizdan so'ng bizda reklamaning pastki qismida joylashgan veb saytning elementi uning o'rniga ko'tarildi ya'ni reklaman olib tashlandi
Siz uchun foydali bo'ldimi unda biz bilan qoling sizga foydali maslahatlarni berib boramiz