Ba'zida kompyuterda ishlaydigan odamlar biror dastur haqida gaplashganini eshitganimizda "crack", "взлом", "таблетка" - degan so`zlarni ishlatishganini eshitib qolamiz. Xo`sh, bu so`zlar dasturlar yoki dasturchilar uchun nimani anglatadi? Bilasizmi-yo`qmi, aslida 80% dasturlar pullik, ular yo oylik, yo yillik obunaga ega, misol uchun, antivirus dasturlari odatda bir yildan uch yilgacha bo`lgan pullik obunani taklif etishadi. Hatto, biz bepul deb foydalanadigan Microsoft Office dasturi, Windows 7-8-10 operatsion tizimlari ham aslida pullikdir! Bu kabi dasturlar narxi o`rtacha oyiga 1-3 dollardan, yiliga bir necha yuz dollargacha hattoki bir necha ming dollargacha bo`lishi mumkin. Aynan shunday pullik dasturlarni tekin qilishi uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturlarga - crack yoki "таблетка" lar deyiladi. Bunday dasturlarga eng yorqin misol - KMSAuto dasturidir. Bu dastur Windows OTlari va Microsoft Office dasturlariga kalit qo`yish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlar hattoki litsenziyali dasturlarni ham tekin qilib berish imkoniga ega, faqat (!)..... Crack lar har bir dastur uchun alohida ishlab chiqiladi va universal crack dasturi mavjud emas! Ya'ni, agarda sizga Photoshop dasturining tekin varianti kerak bo`lsa siz qidiruv maydoniva "crack photoshop" deb qidirishingiz kerak bo`ladi! Ogohlantirish: ayrim crack qilingan dasturlar xavfli bo`lishi mumkin! Lekin biz sizga bunday Crack dasturlardan foydalanishni umuman maslahat bermaymiz. Iloji boricha Litsenziyali dasturlar ishlatishingiz tarafdorimiz.