Telegram endi pulli bo'ladi(mi)?!
"Telegramda faol foydalanuvchilar soni 500 mln ga yaqinlashgani sari, ko`pchiligingiz quyidagi savolni bermoqdasiz - Bunday o`sishni qo`llab-quvvatlash uchun kim to`laydi? Axir, foydalanuvchilar qanchalik ko`p bo`lsa, trafik va server uchun harajat ham shuncha ko`p bo`ladi. Bizning hajmimizdagi loyihani amalga oshirish uchun yiliga bir nech yuz million dollarlar kerak bo`ladi.
Telegram tarixining asosiy katta qismida kompaniya xarajatlarini shaxsiy jamg`armamdan to`laganman. Biroq, Telegramning shu zayildagi o`sishi shunga yaqinlashmoqdaki, yaqin orada milliardinchi foydalanuvchilarni qamrab oladi va shunga muvofiq moliyalashtirishni talab qiladi. Texnik loyiha shunday masshtabga yetganida odatda ikkita variant bo`ladi: xarajatlarni qoplash uchun pul ishlashni boshlash yoki kompaniyani sotish.
Savol paydo bo`ladi - Telegram qaysi yo`ldan boradi? Men bizning rejalarimizni aniqlashtirish uchun bir necha mulohazalarni keltirmoqchiman:
1. Biz Whatsapp asoschilari kabi kompaniyani sotmoqchi emasmiz. Dunyoga Telegram kerak ...
2. Telegram bu yerda uzoq muddatga. ... Biz dunyoga yanada ko`proq foyda keltirishimiz mumkin.
3. 1 va 2 - punktlarni amalga oshirish uchun Telegram kelayotgan yildan boshlab daromad keltirishni boshlaydi. Biz buni so`nggi 7 yilda olgan o`z qadriyatlarimizga va va'dalarimizga mos ravishda amalga oshiramiz. ... Ko`plab foydalanuvchilar biror bir o`zgarishni deyarli sezishmaydi ham.
4. Hozirgi kunda bepul bo`lgan barcha funksiyalar bepulligacha qoladi. Biz biznes-jamoalar yoki tajribali foydalanuvchilar uchun yangi funksiyalar qo`shamiz. Bu funksiyalarning ayrimlari qo`shimcha resurslar talab qiladi va shu premium-foydalanuvchilar tomonidan to`lanadi. Oddiy foydalanuvchilar Telegramdan-bepul foydalanishni davom ettiradilar, doimo.
5. Telegramning xabar almashish uchun mo`ljallangan barcha qismi reklamasiz bo`ladi. Biz shaxsiy yoki guruhli chatlarda reklamani namoish etish - yomon fikr deb bilamiz.
6. Telegram'da xabar almashish bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq tarkibiy qismi ham mavjud. "Birdan ko‘pga" eshittirish tamoyili asosida qurilgan Telegram ommaviy kanallari millionlab obunachilarni qamray oladi va an’anaviy xabar almashish bilan umumiy jihatlari deyarli yo‘q. Ko‘p mamlakatlarda kanal egalari o‘z obunachilariga, ba’zida uchinchi tomon reklama platformalari orqali reklama ko‘rsatib pul ishlashadi. Ular joylashtiradigan reklama odatdagi xabarlarga o‘xshaydi va ko‘pincha xiralik hususiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan biz foydalanuvchilarga qulaylik va maxfiylikni ta‘minlaydigan hamda bizga serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradigan kanallar uchun o‘z reklama platformamizni taklif qilamiz.
7. Telegram orqali pul ishlash nafaqat bizga, balki butun jamoatchilikka foyda keltirishi kerak.
Masalan, ommabop ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo‘lsa, ushbu kanal egalari qamrovga qarab bepul trafikni olishadi. Yoki, agar hozirgi bepul stikerlardan tashqari, yaxshilangan xususiyatlarga ega pullik stikerlar mavjud bo‘lsa, ushbu stikerlar rassomlari daromadning bir qismini ham olishadi. Biz Telegram'dagi kontenti yaratuvchilari va tadbirkorlar barcha foydalanuvchilarimizni yaxshilangan xizmat ko‘rsatish orqali boyitib, rivojlanib borishini istaymiz.
Telegram yo‘lini mana shunday ko'ramiz.
Bu bizga ko‘plab yangi xususiyatlarni joriy etish va kelgusi o‘n yilliklarda milliardlab yangi foydalanuvchilarni kutib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuv mustaqil bo‘lib qolib, qadriyatlarimizni saqlab qolishimizga va dunyoga yangi turdagi texnologik kompaniya namunasini taqdim etishga imkon beradi.
© Pavel Durov "
-deyiladi xabarda.
Sodda qilib quyidagilarni aytish mumkin:
- Telegramga kirish va undan foydalanish pullik bo`lmaydi!
- Telegramning hozirgi kunda bepul bo`lgan barcha funksiyalari, va shu jumladan, videoqong`iroq, qo`ngiroq xizmatlari bepulligicha qoladi!
- Telegram foydalanuvchilardan yoki kanallardan pul talab qilmaydi!
lekin, shu bilan birga:
- Telegram endi shaxsiy manfaati uchun turli reklamalarni qo`yadi!
- Telegram biznes yoki tajribali foydalanuvchilar uchun kerak bo`lishi mumkin bo`lgan pulli funksiyalarni joriy qiladi!
- Pulli stikerlar joriy etilishi mumkin!
faqat shular bori shu :)
Tavfsiya etamiz
Kompyuterning doimiy tezkor va video xotiralarning hajmini ko'rish
Yangliklar Qobiljon 23.12.2020 5786 Bugungi mavzuyimizda biz WINDOWS operatsion tizimi o'rnatilgan kompyuterlarda doimiy xotira (HDD), tezkor xotira (RAM) va video xotiraning hajmini qanday ko'rishni ko'rib chiqamiz. Buni qilishdan avva...SSHda git buyrug`iga username va parol qo`shish
Yangliklar Qobiljon 23.12.2020 5786SSHda foydalanganda har doim username va parolni kiritish noqulaylik keltiradi shuning uchun bittada yozishni o`rganamiz