Bitcoin - so`nggi 5 yil ichida eng mashhur so`zlardan biriga aylandi. Biz ham bu haqida qisqacha bayon etishga qaror qildik.
Ko`pchilik Bitcoin nima ekanligini tushundi, lekin shu o`rinda tushunmadi ham. Ha, bu kulguli eshitiladi, lekin haqiqatda ham shunday. Bitcoinni gap va so`z bilan tushuntirish juda-juda murakkab. Bitcoin nima ekanligini bilish uchun avvalo "Kriptovalyuta" nima ekanligini bilish kerak.
Kriptovalyuta - bu, maxsus algoritm va hisoblashlar natijasida yaraluvchi maxsus kodlar to`plami. Agar siz biror nimani tushunmagan bo`lsangiz, ajablanadigan narsa bunda yo`q, ko`pchilik siz kabi tushunmadi. Siz bilishingiz kerak bo`lgan narsalar quyidagilar:
- Kriptovalyuta hisoblash qurilmalar (shu jumladan, kompyuter, noutbuk va boshqalar ham) ning ma'lum bir dasturlar yordamida turli hisoblashlarni amalga oshirishi natijasida yuzaga kelgan kodlar to`plami.
- Kriptovalyutalar shaklga ham, hajmga ham ega emas, ular elektron shaklda va ularni qog`oz yoki biror bir material shaklda (masalan, tanga) chiqarib bo`lmaydi.
- Kriptovalyutalarning turi ko`p, xohlasangiz siz ham o`z kriptovalyutangizni yaratishingiz mumkin.
- Kriptovalyutani biror bir boshqarib turuvchi asosi yo'q, ya'ni, uning narxi o`sishi yoki tushishi faqat va faqat bozorda unga bo`lgan talabga bog`liq: qancha ko`p odam sotib olsa narxi oshadi, qancha ko`p odam sotsa tushadi.
Kriptovalyutalar orasida eng mashhuri hammaga ma'lum va mashhur bo`lgan Bitcoindir.
Ko`pchilik Bitcoinni yagona kriptovalyuta deb biladi, lekin undan emas, aslida kriptovalyutalarning hozirda juda ko`p turi mavjud, ularning qiymati, miqdori turlichadir. Quyida bir qator kriptovalyutalarni sanab o`tamiz:
- Bitcoin;
- Ethereum;
- Litecoin;
- Bitcoin Cash;
- Monero;
- Dash;
- Zcash;
- VertCoin va boshqalar.
Bitcoinning asoschisi sifatida Satoshi Nakamoto ismli odam keltiriladi, aynan u birinchi bo`lib Bitcoinni ishlab topish prinsipini internetda ulashgan. Lekin, o`sha Satoshi Nakamoto kimligini esa hech kim bilmaydi (kulguli-a?!)
Boshqalarning fikricha esa, Bitcoinni hozirgi kunda hammaga mashhur bo`lgan Ilon Mask yaratgan va Satoshi nomi bilan internetda keng targ`ib qilgan. Va aynan Bitcoin unga moliyaviy qiyin ahvolini tiklab olishga yordam bergan.
8-fevral 2021-yil Tesla kompaniyasi (Ilon Mask direktori) Bitcoinga 1,5 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoya kirgazdi va shu orqali uning narxini $48 000 gacha ko`tarilishiga sabab bo`ldi. (Balki rostdan ham Ilon Mask Bitcoin yaratuvchisidir, nima deb o`ylaysiz???! )
Kriptovalyutalar narxining o`sishi va tushishi aynan nimaga bog`liq?
Kriptovalyutalar narxining o`shishi va tushishi asosan ularga bo`lgan talab va ular qo`llanilishi mumkin bo`lgan bozorlar soniga bog`liq.
Misol uchun, Bitcoin hozirgi vaqtda yetarlicha ko`p joylarga tarqalgan, uni turli birja va banklardan topish mumkin, Ethereum, Litecoin va boshqalar esa nisbatan keng tarqalmagan, shu sabab ularning narxi u qadar baland emas.
Kriptovalyutalarga, ayniqsa Bitcoinga talab AQSh jiddiy siyosiy-iqtisodiy vaziyatlar bo`lganida keskin ortib ketadi va uning narxi o`sishiga sabab bo`ladi. Misol uchun, 2020-yil noyabrida AQShning endilikda sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini va kerak bo`lsa kuch ishlatib hokiyatda qolishini bildirganida Bitcoinning narxi keskin o`sa boshladi, shu yilning 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlarining AQSh Kapitoliyasiga qilgan bosqinidan so`ng mutloq rekord ko`rsatkichlarni bosqichma bosqich ura boshladi.
Kriptovalyutalar qanchalik ishonchli?
Bitcoin narxining keskin sur'atlarda o`sayotganini ko`rib, darrov bir nechtasini sotib oling keladi. Lekin, shuni unitmaslik kerak - kriptovalyutalarning deyarli hech biri asosli ravishda himoyalanmagan. Ya'ni, ularning orqasida biror bir bank yoki davlat turgani yo'q, faqat va faqat iste'molchilar talabi va yirik kompaniyalar investitsiyalarigina ularni boshqarmoqda. Agarda ertaga talab kamaysa va/yoki jahon banklari kriptovalyutalar mutlaqo taqiqlasa - "pufak yoriladi".
Shu sabab unitmang, kriptovalyutalarda savdo qilish pufak bilan o`ynash demakdir - yoriladi, lekin qachon ekanligini bilmaysan!