Google Chromda reklama Viruslarini yo'qotamiz
Bilmaganlar uchun Google Chrome bu bizga internetdan foydalanishimiz imkonini beruvchi brauzer dastur.
O'tgan safargi maqolamizda biz Chrome da paydo bo'luvchi, asabni buzuvchi va bizni noqulay ahvolga solib qo'yuvchi reklamalarni «AdBlock» ilovasi orqali bloklashni ko'rsatganmiz. Agarda o`qimagan bo`lsangiz Chromeda Reklamalarni o`chirish maqolamizni o`qib chiqing.
Lekin bu dastur quyidagi kamchiliklarga ega:
1. Web-sahifalarni yuklanishi sekinlashadi.
2. Ba'zi kerakli plaginlar ham blocklanadi.
3. Ortiqcha trafik sarf bo'lishi mumkin.
4. Ayrim saytlar bu ilova o'rnatilgan bo'lsa ochmaydi.
Xo'sh unda nima qilish kerak? Qanday qilib, har gal internetga kirganda bizni trafigimizni yeydigan va bizni noqulay ahvolga solib qo'yadigan reklamalardan qanday oson va harajatsiz qutilishimiz mumkin?
Chrome o'rnashib olishi mumkin bo'lgan reklama viruslari
Bunday reklamardan qutishning eng sodda yo'li, ularni Chrome papkasidan o'chirib tashlash.
Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi, Total Commander dasturini ishga tushiramiz va uning «ko'rinmas fayllarni ko'rish rejimini yoqamiz» (ko'rinmas fayllar undov (!) bilan belgilangan bo'ladi).
C — diskdan «User» papkasiga kiramiz (eslatma, ba'zan papka boshqacha nomlanishi ham mumkin!)
User papkasi ichida o'zingizni nomingiz yoki siz qo'ygan nom bilan nomlangan papkani topamiz va kiramiz
Uning ichidan «AppData» nomlangan papkani topamiz. Papka undov (!) bilan belgilangan bo'ladi.
Papkaning ichidan «Local» papkaga kirib, u yerdan «Chrome» yoki «Google» dasturini topamiz. (Ba'zida dastur «Chrome» ba'zida esa «Google» tarzida saqlanishi mumkin!)
Google papkasini ichidan «DEFAULT» papkasini qidiramiz
Default papkasi ichidan «Extensions» papkasini qidiramiz
Papkaga kirib, bor narsani o'chirib tashlaymiz.
Shu orqali biz turli nomaqbul reklama viruslaridan oson qutilamiz. Lekin afsuski bu yo'l quyidagi reklamalarga ta'sir qilmaydi. chunki ular saytning o'ziga o'rnatilgan va faqat shu kabi saytlarda chiqadi, xolos. ular kontekst bo'yicha biror bir ma'noga ega emas va sizni noqulay ahvolga solmaydi, ulardan qo'rqmasa ham bo'ladi.
Agarda, shundan keyin ham nomaqbul reklamalar chiqishdan to'xtamasa, «AdBlock» dasturidan foydalanishga majbursiz, afsuski.
#bu_qiziq#google
Google bizni kuzatadi yohud barcha android (balki iOS va windows phone va boshqalar ham) foydalanuvchilari nazorat ostida. Bilasizmi xabarlarda, internetda bizni kuzatishadi deyishsa ishonish qiyin, chunki o'ylaymiz — «bizni kuzatishdan kimga manfaat bor o'zi?!». Lekin shunga qaramay… Quyidagi havola orqali siz o'zingiz androidning google chrome va google voice dasturidan qidirgan ma'lumotlar ro'yxatingizni olishingiz mumkin (ro'yxat to'liq bo'lmasligi mumkin):
https://history.google.com/history/
E`tibor berib o`qinganingiz va biz bilan birgaligingiz uchun rahmat