Internet brauzerlaridan foydalanishni o'rganish
1-rasm. Bizga kerakli razryadni tanlaymiz
2-rasm. Bizda quyidagicha dasturni o'rnatish oynasi ochiladi
3-rasm. O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng bizni ish stolimizda quyidagicha yorliq paydo bo'ladi
4-rasm. Endi yorliqni ikki marta bossak quyidagicha oyna ochiladi. Bu dastur 1-marta ishga tushganligini anglatadi. «Next» tugmasini bosamiz
5-rasm. Bu oynaning maqsadi sizda bir necha brauzerlar bo'lganda qaysi bir asosiy bo'lishni belgilashda google chrome brauzerini taklif qiladi.Biz albatta Chrome brauzerini tanlaymiz
6-rasm. Ochilgan oyna bizning brauzerimizning oynasi hisoblanadi. Endi brauzerimizning oynasi nimalardan tashkil topganligi bilan tanishib chiqamiz
Chrome brauzeri quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
1. Bu tugmalar ochilgan sahifalarni oldinga, orqaga qaytarish va qayta yuklash tugmalari hisoblanadi;
2. Ochilgan sahifa nomi yoziladigan joy;
3. Sahifani ochish uchun manzil yoziladigan joy;
4. Yangi manzillarni ochish uchun brauzer oynachalarini qo'shish tugmasi;
5. Agar sizda gmail da pochta (keyingi darslarimizda pochta haqida ko'rib chiqamiz) qutingiz yoki «account» ingiz mavjud bo'lsa chrome brauzeriga qo'shib qo'yishingiz mumkin;
6. Ochilgan sahifani yo'qotib qo'ymaslik uchun uni metka ya'ni manzilning o'zini saqlab qo'yishingiz uchun kerak bo'ladigan tugma;
7. Chrome sozlamalar, kengaytmalar va turli boshqa bo'limlarga o'tish joyi.
7-rasm. Endi internetdagi biron saytga kirmoqchi bo'lsak biz, 1 raqami turgan joyga kirmoqchi bo'lgan saytimizning manzilini yozamiz va 2 raqami turgan joyda bizga turli taklif etuvchi manzillarni ko'rsatadi
8-rasm. Manzilni yozib «Enter» tugmasini bossak bizga kerakli manzil yuklanadi. Misol sifatida biz Google.com qidiruv saytini yozdik
9-rasm. Manzil yozadigan joyga biz manzildan tashqari boshqa narsa yozsak bizga bu chrome brauzeri google qidiruv tizimi orqali avtomatik tarzda yozgan narsamiz haqida ma'lumot qidirishni boshlaydi
10-rasm. Qidiruv natijalari
#Google_Chrome dasturini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://t.me/WindPro_UzH/9