Lokal tarmoqda bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ma'lumot o'tkazish
Lokal tarmoq qurib bo'lganimizdan so'ng biz antivirus va firewall tizimini o'chiramiz (ESET antivirusi misolida ko'rib chiqamiz). Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.
Amallar panelidagi (umumiy aytadigan bo'lsak, «Пуск» tugmasnining o'ng tarafida joylashgan) antivirus dasturiga sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz
Rasmda belgilangan 2ta bo'lim ish jarayonini to'xtatamiz
MA'LUMOT: Siz antivirus va firewall tizimini o'chirmasligingiz ham mumkin, buning uchun siz antivirus va firewall dasturlariga sizning lokal tarmoq manzilini tekshirmaslik yoki ruxsat berishni qo'shishingiz kerak bo'ladi. Chunki, antivirus va firewall tizimi hamma kiruvchi oqimlarni tekshiradi va o'zida ruxsat berilgan bo'lsagina kompyuterga o'tkazadi.
ESLATMA!!! Bu jarayon ikkinchi kompyuterda ham amalga oshirish lozim, aks holda keyingi qadamlar amalga oshmaydi.
Endi ikkinchi kompyuterda ham antivirus va firewall ni o'chirganimizdan so'ng biz ikkinchi komoyuterda (biz ma'lumot o'tkazmoqchi bo'lgan kompyuterda) biz quyidagi amallarni amalga oshirishimiz lozim: Bunda: birinchi galda biz birinchi kompyuter ko'rishiga ruxsat bermoqchi bo'lgan joyga ruxsat ochamiz (biz lokalniy disk E va D lar ruxsat ochamiz).
Lokalniy disk D ning «свойства» bo'limiga kiramiz
Ochilgan oynadan «Доступ» bo'limiga kiramiz
U yerdan «Расширенная настройка...» qismiga o'tamiz
Ochilgan oynadagi yuqori qismidagi «galochkani» belgilaymiz va «разрешения» tugmasini bosamiz
Keyingi oynadan esa «Добавить...» ni tanlaymiz
So'ng «Дополнительно...» bo'limiga o'tamiz
Bu oynadan «Поис» tugmasini bosamiz va pastda ochilgan qismdan «Local server» ni tanlaymiz. So'ng hamma oynalardagi «OK» tugmasini bosib chiqamiz (ketma-ket)
Xuddi shu jarayonni Lokalniy disk E bilan ham amalga oshiramiz
Yuqoridagi amallarni bajarganimizdan so'ng biz birinchi kompyuterdagi klaviatura orqali " Windows Logo + R " tugmalarini birgalikda bosamiz. Bizda har doimgidek " Выполнить " oynasi ochiladi va biz:
So'ng biz quyidagi ko'rsatilgan joyda ikkinchi kompyuterning IP manzilini quyidagi tartibda kiritamiz "\\192.168.1.5" (bu yerdagi IP misol o'rnida ko'rsatilgan)
So'ng biz rasmda ko'rsatilgan qismga ikkinchi kompyuterning foydalanuvchi logini va parolini kiritamiz
ESLATMA!!! Ikkinchi kompyuterdagi foydalanuvchiga parol mavjud bo'lmasa uni o'rnatish lozim, aks holda ulanish amalga oshmaydi.