Agarda siz internetdan biror bir kattaroq ma'lumot ko`chirib olmoqchi bo`lsangiz, ayrim saytlar sizga u dasturlarni faqat torrent orqali ko`chirish mumkinligini ko`rsatadi. Siz esa torrent dasturlarini yozdirasiz.
Torrent dasturlariga Bittorent, uTorrent kabi dasturlarni misol qilishimiz mumkin. Ular bir necha megabayt joy oladi, xolos. Lekin, yuzlab gigabayt ma'lumot ko`chirishga imkon beradi.
Bu dasturlarning bir kamchiligi bor, bu kamchilik -
reklama!
Reklamalarda turli onlayn kazinolardan tortib, turli dorilargacha namoish ettiriladi. Tabiiyki, bu reklamalarning aksariyati bizga to`g`ri kelmaydi:
Bugun ulardan qutilishni o`rganamiz:
1. Buning uchun torrent dasturining "Sozlamalar"ning "Dastur sozlamalari" qismiga kiramiz:
2. Keyin, u yerdan "Qo`shimchalar" qismiga o`tamiz:
3. Shundan so'ng, o`ng tomondagi oynaning qidiruv qismiga "offers" degan so`zni yozamiz, bu bizga kerakli funksiyalarni topishimizni osonlashtiradi.
4. Topilganlar orasidan "offers.left_rail_offer_enabled" va "offers.sponsored_torrent_enabled " qatorlarini topamiz va ularni qiymatini "YO`Q (false)" ga o`zgartiramiz.
Shundan so`ng bizda reklamalar o`chadi:
Maqolamiz sizga yoqqan bo`lsa izohlarda o`z fikringizni bildiring, bizni telegram kanalimizga va saytimizga a'zo bo`ling!
Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.