Assalomu alaykum saytimiz kuzatuchilari anchadan beri maqola yozadim buni bilaman. Lekin biz saytimizni foydali va kerakli kontentlar bilan boyitish maqsadida faqatgina foydali maqolalar yozishga harakat qilamiz.
Demak bugungi maqolam GITHUB haqida.
Githubdan foydalanishni boshlaganimga ko`p bo`lmadi, Githubdan shu yili ya'ni 2020 yilda foydalanishni boshladim va o`rganganlarim juda kam. Lekin kimdur hali githubni o`rganmagan bo`lsa yoki o`rganmoqchi bo`lsa yoki kompyuterda kod yozib uni hostingga (Serverga) har doim zip qilib yuklash joniga tekgan bo`lsa Github ni o`rganish vaqti kelganligini bildiradi.
Demak maqolaning asosiy qismini boshladim
Githubda loyihangiz (saytingiz) ni saqlash uchun bitta Github Project (Github loyiha) ochishingiz kerak. (Bundan oldin esa Githubda profilingiz bo`lishi lozim). Uni quyidagicha usulda ochamiz.
https://github.com/ manziliga o`tamiz va chap tarafdagi New ni bosamiz.
Repository name bu sizning loyihangiz nomi. (Siz saytingiznig nomini yozishingiz mumkun.)
1. Repository name ga loyiha nomini yozasiz.
2. Private bu loyihangiz yopiq holatda bo`lishi kerakligi. (yani hech kim sizning loyihangiz kodlarini ko`rmaydi. Faqat o`zingiz ko`chirib olishingiz mumkun bo`ladi. )
3. Add a README file , 4. Add .gitignore ga ptichka qo`yasiz.
5. Description loyihaning qisqacha tafsifini yozing bu ixtiyoriy men bunga yozmayman
6. Create repository ni bosasiz.
Tabriklayman siz yangi Proyektingizni ochdingiz
Endi uni hostingdagi saytimizni nusxalashni o`rganamiz. Men BEGET.COM hostingida ishlaganim uchun shu hosting misolida ko`rsatib beraman. Menmcha SSH orqali hammasi bir xil shakilda bo`ladi. Agarda sizning hosting SSH kirish bo`lmasa masalan xvest.ru va keo.su kabi hosting bo`lsa BEGET.COM da profil ochishingizni maslahat beraman.
Umuman olganda bunday yani xvest.ru kabi hostinglar ishlatish rivojlanish uchun axlathonadan boshqasi emas. Yani bunday hostinglar sizning berayotgan pulingizga yarasha hizmat sifatini kafolatlamaydi. Esimda bir tanishimning ma'lumotlari o`chib ketganida tiket orqali yozsak javob berishni ham o`zlariga ep ko`rishmagan. Ancha vaqtdan keyn esa siz boshqa hostingga o`ting biz tiklab bermaymiz deb juda agressiv javob qaytarishgan edi.
Hullas Beget orqali siz loyihangiz saytingizni kompyuteringizda saytingizni Open server orqali ishlatib kodlarini o`zgartirib taxrirlab osongina hostingga o`zgartirilgan kodni o`rnatishingiz mumkun.
Hullas begetning SSH menejriga kiramiz
Файловый менеджер ga kiring va cd saytingiz.uz/public_html ga kiring
SSHga kirib cd saytingiz.uz/public_html ni yozib Enter ni bosing.
Endi githubdagi loyihangizni shu saytingiz.uz/public_html ga kopiyalab olamiz. Buning uchun git clone https://github.com/username/re ... -name ni yozing. Yani repository ssilkasini yozasiz. Men git clone https://github.com/akbarali1/p ... kersw deb yozaman.
Keyin Username for 'https://github.com': Chiqadi siz Username yingizni yozasiz. Men akbarali1 deb yozdim.
Shundan so`ng Password for 'https://@github.com': deb chiqadi. Siz githubdagi Profilingiz parolini yozasiz. (Eslatma parolni paste qilganigizda hech nima o`zgarmaydi. Siz paste qilib Enter tugmasini bossangiz bo`ldi. )
Tabriklayman siz Githubdagi loyihangizni hostingga ko`chirdingiz. Endi Файловый менеджер ga kiring va saytingiz.uz/public_html papkasida shaklida papka ochilgan bo`ladi. va unda .git nomli papka mavjud.
(Agarda ko`rinmagan bo`lsa Refresh tugmasini bosib yuboring).
1. Refresh tugmasi.
2. Papka manzili
1. .git papkasiga sichqonchani olib boring.
2. Move ni ustiga bosib Yes (Rus tilida bo`lsa Да ni bosing).
Shundan so`ng ochilgan papkani o`chirib tashlaysiz.
Endi shu saytingiz.uz/public_html papkasiga yangi faylni ochasiz va unga Salom Dunyo so`zini yozib saqlaysiz.
Sundan so`ng siz SSHga kirib git status buyrug`ini yozing.
Shundan so`ng SSHda siz qilgan o`zgarishlar ni ko`rsatadi. Ingiliz tilini bir oz bilsangiz hammasi tushunarli qilib yozilgan.
1. Biz (Men) README.md fayilini butunlay o`chirganman.
2. Index.php fayilini yangi yaratganman.
Endi qiziqarli usuli bu o`zgarishni githubga saqlash. Buning uchun siz git add . ni yozing. (add dan so`ng joy tashlab nuqtani yozish esingizdan chiqmasin)
shundan so`ng git commit -m "index added" ni yozasiz.
Shundan so`ng git push ni yozib enterni bosing.
So`ng github loginningni yozasiz (Men akbarali1 deb yozdim). Keyn yana github parolingizni paste qilib tashlab enterni bosing. (Yana bir marotaba eslataman parolni paste qilsangiz parol ko`rinmydi va hech nima o`zgarmaydi siz paste qilib Enterni bosaverasiz).
Shundan so`ng sizga Githubga muvafaqiyatli qo`shilganligi haqida chiqadi.
Endi tekshirib ko`rish uchun githubdagi private repositoryga ko`ring.
Hostingdagi o`zgartirishingiz muvafaqiyatli saqlandi.
Men endi VS Codega kiraman.
git clone https://github.com/akbarali1/p ... kersw deb yozaman.
Ha bilaman. Ha sizni tushundim. Bu odamda nimaga shundo Private Repositoryni git clone orqali tashladi menda bo`lsa o`xshamadi deb hayron bo`lmoqdasiz. Hayron bo`lmang men avval VS Codeyimni github profilimga ulagan edim. :D maqolaning asosiy maqsadi VS Codega Github profilni ulash emasligini va vaqtim chegaralanganligi sababli qisqa rasmlarda buni tushuntirib o`tib ketaman.
Sign in with Githubni bosasiz
Shundan so`ng Chromega avtomatik kirib ketadi va VS code Github profilingiz ma'lumotlariga kirish uchun ruhsat berishingizni Github so`raydi.
So`ng VS code ham bir ruhsat so`rab oladi.
Agar o`sha User da shunday Github profilingiz usernamesi tursa demak VS Code Githubga ulangan.
Endi tushundingizmi ? Agarda sizda qandaydur Avtorizatsiya bilan muammo bo`lgan bo`lsa shu usulda Avtorizatsiya qiling va git clone https://github.com/username/re ... -name qilib terminalga ko`rsatganim bo`yicha tashlang. Shundan so`ng sizning papkangizda yana yangi papka ochiladi va o`sha siz saqlagan fayl Salom dunyo habarli index php fayli turadi.
Endi siz .git bitta oldindi github.loc fayiliga tashlab olishingiz kerak. Sizga bu fayl ko`rinmayaptui shundaymi ? Chunki U skrit holatda. Buning uchun Total Camander orqali kirishingiz kerak. Agarda Total Comanderda ham .git papkasi ko`rinmasa Googledan Total Camanderdan Skrit fayllarni qanday ko`rsatish mumkunligi haqida so`rab ko`ring
o`sha papkaga kirib CTRL+A ni bosing va CTRL+ X qilib saqlang. va bitta yuqoridagi papkaga chiqib CTRL+V qilib tashlang. va o`sha pustoy papkani o`chirib tashlang.
Tushunmasangiz rasmlarga diqqat bilan qarang. So`ng VS Codega kirib index.php faylinidan x ni bosib cjhiqib keting. U eski o`chirib yuborgan faylimizning ishida deb ko`radi VS Code
So`ng endi yangi computers.php faylini ochaman va unga
echo "Bu kompyuterdan ochilgan fayl";<br>
$a = 1; $b = 2; $c = $a + $b;<br>
var_dump($c);<br>
Yozib saqlayman
E'tibor beringizmi ? Yangi narsa paydo bo`ldi. Bu sizning Github loyihangizga o`zgartirish berganingizni bildiradi.
Endi biz Browseringizdan github.loc saytiga kiramiz
ha mana biz yozgan So`z turibdi. Endi github.loc/computers.php ga ham kirib ko`ramiz
Endi bu kichik o`zgarishni BEGET.COM dagi papkaga saqlaymiz. Buning uchun yana VS Code terminalni ochamiz va
git add .
git commit -m "vs code file add"
git push
ni navbatma navbat yozib enter tugmasini bosamiz
Bo`ldi endi tekshirib ko`ramiz. Buning uchun o`sha github loyihamizga kiramiz va computers.php fayili saqlanganmi yo`qmi tekshiramiz.
Hammasi joyida computers.php fayili saqlanibdi. Endi Begetga yuklaymiz. Buning uchun Begetning SSHsiga kirib Qarang agar papkadan chiqib ketgan bo`lsa cd saytingiz.uz/public_html ni yozingda git pull ni yozib enter ni osing. (Enterni bosganingizda yana Sizning Login va parolngizni so`raydi. Qanday kiritish yodingizda a ? Esdan chiqqan bo`lsa teparoqni o`qing).
Shundan so`ng siz Файловый менеджер ga kiring va cd saytingiz.uz/public_html ga kiring
Vo ajabo bu qanday sehrgarlik degan edim men buni birinchi marotaba qilgan vaqtimda. :D
Ana endi siz saytingizga kirsangiz va o`sha saytingiz.uz/computers.php qilib kirsangiz o`sha fayldagi so`zni o`qib beradi.
Eng qiyini ortda qoldi endi yana hostingda index2.php deb ochib unga "Assalom Uzhackersw" deb yozaman. Men maydalashmay faqat yozganimni ko`rsataman. Faylni qanday yaratishni tepada aytgan edim.
Endi Beget SSH siga kirib
git add .
git commit -m "Hosting index2 added"
git push
deb yozaman. (SSH yana login parolni so`raydi).
So`ng Githubga kirib VS Code terminalini ochib git pull deb yozasiz.
va o`sha chekadagi projectda index2.php fayili ochiladi.
Menicha 100% tushunarli bo`ldi. Siz yana papka ochib unga fayl yaratib yoki faylingizni o`zgartitib
git add .
git commit -m "Update VS Code"
git push
qilsangiz Githubga yuklanadi SSHga kirib git pull qilsangiz hostiga yuklanadi va yana bu narsa takrorlanadi.
JUDA QATTIQ ESLATMA: GITHUB.COM FAQATGINA FAYLLARNI YANI FAQATGINA KODLARNI SAQLASH UCHN MO`LJALLANGAN PLATFORMA. UNGA BUTUN SAYTINGIZNING MEDIA FAYLLARINI VIDEO VA MP3 FAYLLARINGIZNI YUKLAMANG FAQATGINA KODLAR. SIZ AGAR SIZ DA SHUNDAY MEDIA FAYLLAR BO`LSA .gitignore ORQALI SSHDAN O`SHA FAYLLARNI YUKLASHNI O`CHIRIB QO`YISHINGIZ MUMKUN. AGAR SIZ BUNI BILMASANGIZ SHARX QOLDIRING MEN ALBATTA BU HAQIDA HAM MAQOLA TAYYORLAYMAN
Menimcha maqola tushunarli bo`ldi. Agarda biror nimaga tushunmay qolgan bo`lsangiz pasda fikringizni qoldiring men albatta javob beraman.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi. Maqola o`g`rincha ko`chirilganda websaytga havola ko`rsatilishi shart!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz