Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi

Megabayt tushunchasi

14.03.2020 / 10:17Akbarali 977
Hammaga salom, ashaddiy internet ishqibozlari, megabaytini telegram, whatsapp, imo va hokazolar uchun ayamaydigan bizning saytimiz a'zolari. Biz uchun ham vaqt, ham megabayt sarflaganingiz uchun rahmat!
Hozir aynan megabayt borasida gaplashamiz. Xo’sh, hozir hisobingizda qancha megabayt bor? Qo`lingizdagi smartfoningiz qancha soniyasiga megabitda bizni kanalimizga ochmoqda? “Megabayt” va “megabit” ni farqini bilasizmi? Shu savollarga javobni o‘zim beraman!
Axborotni eng kichik o‘lchov birligi bu – “bit” (boshingizdagi emas! ) hisoblanadi. 8 bit 1 baytni tashkil etadi. 1024 bayt esa 1 kilobaytni tashkil etadi; 1024 kilobayt – 1 megabaytni; 1024 megabayt – 1 gigabaytni; 1024 gigabayt – 1 terabaytni; 1024 terabayt – 1 petabaytni tashkil etadi. Bu o‘lchovlar xalqaro qabul qilingan bo‘lib o‘zgarmas hisoblanadi.
Bu bilan nima demoqchimiz, bu bilan shuni aytmoqchimizki, siz 10 $ ga (UMS abonentlari) 1000 megabayt olganingiz – 1 gigabayt olganingizni anglatmaydi. 1 gigabayt = 1024 megabayt !!!

O‘lchov birliklarini tushundik, endi tezlik haqida gap ketadi:
Hozirgi kunda Toshkent shahri bo‘ylab optika orqali internet tarqatish keng tarqaldi va internet provayderlari “Tezlik 100 Mb/s” shaklida e’lonlar berishni yaxshi ko‘rishadi va ko‘pchilik buni “100 Megabayt/soniya” – shaklida o‘qiydi. Lekin biling-ki, bu “100 megabayt/soniya” emas!!!
Bu “100 megabit /soniya”!!!
“Megbayat” va “megabit” bitta narsa emas! Yuqorida aytganimdek axborotni eng kichik o‘lchov birligi bu “bit” va “100 Mb/s” – “soniyasiga 100 megabitni anglatadi”; u son ko‘rinishida quyidagi qiymatga ega bo‘ladi — 100 000 000 bit/soniya! Agarda uni megabaytga o‘tkazsak 12,5 megabayt/soniya kelib chiqadi! Boshqacha qilib aytganda, 100 megabit/soniya tezlikda siz har soniyada 12,5 megabayt axborot ko‘chirishingiz mumkin.

Xo`sh, reklamalarda megabayt va megabit ni qanday farqlash mumkin? Bu oddiy, odatda megabayt “MB” (barchasi katta harflarda) shaklida yoziladi, megabit esa “Mb” (ikkinchi harf kichib holatda) shaklida yoziladi. Agarda qayerdadur “tezlik 100 MB/s” kabi reklamani ko‘rsangi ajablanmang, bu reklama chiqaruvchilarning xatosi hisoblanadi.
Eslatma: shu narsani unitmang barcha axborotlar (musiqa, kino, rasm va h.k.) bayt, kilobayt, megabayt, gigabayt o‘lchamlarida o‘lchanadi, lekin ularni o‘lchov birliklari “byte, kb, mb, gb” tarzida yozilishi mumkin!
Afsuski, ayni vaqtda O‘zbekistondagi internet provaydelari 100 MB/s tezlikni ta’minlay oladigan texnologiyaga ega emas (bu hozircha). Bundan hafa bo‘lishni keragi yo‘q, chunki, 100 Mb/s ham bizga yetib ortadi.
Yurtimizda hozirgi kunda “uzonline”, “tps”, “sarkor-telecom”, “istv”, “netco”, “turon-telecom”, “skynet” va boshqa ko‘plab internet provayderlari mavjud va ularni bari maksimal 100 Mb/s tezlikni bera oladi, xolos!

Muallif haqida

Akbarali

Web dasturchi dasturlashda php, js, css3, html5, SQLdan foydalanadi. API kalitlar bilan ishlashni yaxshi ko`radi.


Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast
Biz sizning cookie-fayllaringizdan xizmatlar va takliflarni shaxsiylashtirish uchun sizga xizmatni yaxshilashga yordam beradigan statistikani to'plash uchun foydalanamiz. Cookie fayllari haqida ko'proq ma'lumot olishingiz yoki brauzeringiz sozlamalarini o'zgartirishingiz mumkin. Sozlamalarni o'zgartirmasdan saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz cookie-fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.