Microsoft Excel dasturida bitta katakdagi 2 ta so`zni aloxida kataklarga bo`lish.
Bugungi maqolam orqali nafaqat sizlarga balki o‘zimga xam kerak va qiziqarli bo‘lgan ma’lumot yani Microsoft Excel 2007 dasturida bita kattakga yozilgan ikkita so‘zni (misol tariqasida ikkita deb yozdim) aloxida aloxida kataklarga bo‘lishni o‘rgataman.
Men buni bilmagunimgacha ekzel faylni vordga olib keyn bitta katakdagi gaplarni aloxida qilib keyn yana ekzelga o‘tkazishimga to‘g‘ri kelar edi va meni anchagina ovvora qilar edi.
Birinchi ishni ekzel dasturidagi so‘zlarni tekshirishdan boshlaymiz.
Bitta katakda ikkita suz.
1.Kerakli so‘zlarni belgilab olamiz.
2.Dannыe ni bosamiz.
3.Tekst po stolbtsam ga kiramiz.
Eslatma:Sizning ekzel dasturi yili, tili va boshqa sabablar tufayli xuddi shu ko‘rinishda bo‘lmasligi mumkun. Asosan siz shu turtburchakdagi rasmga e’tibor bering.
Undan keyin bizda quyidagi rasmga qaraymiz.
Dalee tugmasini bosamiz.
Belgilangan joylarga ptichka qo‘yib Dale tugmasini bosamiz
Tekstovыy ni belgilab Gotovo ni bosamiz
Agar sizda xam shunday aloxida kattaklarga bo‘lingan bo‘lsa xammasini to‘g‘ri bajargansiz.
P.S. Siz yana boshqacha usullarda xam qilsangiz bo‘ladi.
Ushbu rasmdagi xolat bo‘yicha o‘zingiz qarab bir test qilib ko‘ring.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.