Microsoft Office 2007 dasturini o'rnatish
1-rasm. Dasturni tanlaymiz
2-rasm. Litsenziya
Ekranga Microsoft kompaniyasining litsenziya shartnomasiga oid ko’rsatmasi chiqadi, pastki «Щелкните здесь» qismni belgilash orqali biz bu shartnomani qabul qilgan bo’lamiz. «Продолжить» ni bosib ishimizni davom ettiramiz (eslatma, dasturni o’rnatishning boshlanish qismi uning yangilangan versiyalari yoki eskiroq versiyalarida biroz farq qiladi!)
3-rasm. Bunda vaqtinchalik fayllarni qayerda saqlash so’raladi, bu muhim bo’lmagan narsa shuning uchun “OK”ni bosamiz!
4-rasm. Fayllarni ochish boshlanadi
5-rasm. Microsoft Office dasturni o’rnatish uchun oyna chiqdi. «начать установку» bosiladi
6-rasm. Agarda siz dasturni to’laqonli o’rnatmoqchi bo’lsangiz «Установить» tugmasini bosasiz. Agarda biror o’zgartirish kiritmoqchi bo’lsangiz «Настройка» ga kirasiz.
7-rasm. Sozlamalar
«Настройка» odatda uch qismdan iborat bo’lib, «Параметры установки» da siz o’zingizga kerak bo’lmagan Microsoft Office dasturini olib tashlashingiz mumkin, agarda barchasi kerak bo’lsa hech nimaga teginmaysiz. Bu yerda quyidagi dasturlar keltirilgan:
Microsoft Office Excel – jadvallar va hisob kitoblar uchun mo’ljallangan;
Microsoft Office Outlook – electron pochta sifatida foydalanish mumkin;
Microsoft Office PowerPoint – turli xil taqdimotlar, dars ishlanmalari yaratish uchun ;
Microsoft Office Word – matn uchun mo’ljallangan;
Qolganlari qo’shimcha komponentlar.
8-rasm. «Расположение файлов» qismida dasturni qayerga o’rnatish kerakligi ko’rsatiladi. Dastur xatosiz o’rnatilishi uchun bu qismga tegilmaydi!
9-rasm. Foydalanuvchi haqida
«Сведения о пользователе» — bu yerda siz yaratiluvchi dokumentlar sizga tegishli ekaligini bildiruvchi ismingizni, initsiallaringizni (shaxsiy belgilar), tashkilotingiz nomini kiritishingiz mumkin. Barchasi tugagandan so’ng «Установить» tugmasi bosiladi.
10-rasm. Dastur o’rnatish jarayoni boshlandi
11-rasm. Dastur o’rnatildi va ishga tushurildi. MS Office paketining Word dastur shu ko’rinishda bo’ladi
ESLATMA!!!
Siz va bizning dasturlarni o'rnatilish jarayonlarimizda biroz farq qilishi mumkin lekin asosi bitta hisoblanadi ya'ni siz o'rnatayotgan va biz o'rnatib ko'rsatayotgan dasturlarda bir ikki qadamlarga farq qilishi mumkin.