Noutbuklardagi Type-C port haqida
Bu razyomni hozirda koʻplab smartfonlarning zaryad qismida koʻrish mumkin. Ular deyarli bir xil. Bu razyom ma’lumot almashish uchun moʻljallangan. Bunda ma’lumot almashish tezligi 10 Gb/s ga yetishi mumkin. Ma’lumot uchun, lokal kabel orqali ma’lumot almashganda ershish mumkin boʻlgan tezlik 100 Mb/s dan 1 Gb/s gacha.
Bundan tashqari, bu razyom orqali siz noutbukingizga monitorni, boshqa qurilmalarni ulashingiz (agarda ularda ham shunday port bo`lsa) va yuqori tezlikda ma'lumot almashishingiz va hattoki noutbukingizni quvvatlantirishingiz mumkin, lekin oldin noutbukda bunday funksiya bor-yoʻqligini aniqlash kerak. Chunki, razyom faqat ma’lumot almashish uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin.
USB Type-C XXI asrning universal narsalaridan biriga aylanmoqda. Endi uni nafaqat noutbuk va smartfonlarda balki monitor, qoʻl soatlari, shaxsiy kompyuterning ona platalarida koʻrishingiz mumkin.
Nega butun dunyoda standart boʻlgan Micro USB emas aynan Type-C razyomli noutbuklar chiqa boshladi? Javob oddiy, microUSB endi oʻtmish, Type-C esa yaqin 10 yil uchun standart texnologiyaga aylandi. MicroUSB orqali ma’lumot almashish tezligi maksimum 450 Mb/s, masimum quvvatlantirish imkoniyati esa 10 - 15 ni tashkil qiladi. Type-C da esa 10 Gb/s gacha tezlikda ma’lumot almasha olish va 100 W bilan quvvatlantira olish imkoniyat bor.