NVIDIA kompaniyasi GeForce RTX 40 seriyasidagi yangi videokartalarni taqdim etdi. Bu seriya yangi 4-nm (nanometr) arxitekturali NVIDIA Ada Lovelace, 3-avlod RTX va DLSS 3 texnologiyalariga asoslanadi.
Yaqin orada ushbu seriya doirasida NVIDIA GeForce RTX 4090, 12 va 16 GBli RTX 4080 videokartalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Kompaniyaning bildirishicha, RTX 40 seriyasi ishlash va samaradorlik bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarni beradi va piksellarni yaratishda sun'iy intellekt qo'llaniluvchi real vaqt nurlar trassirovkasi va neyron renderingda yangi davrni boshlab beradi.
"Ada (arxitektura nomi) geymerlar uchun sifatda sakrashni ta'minlaydi va to'la modellashgan olamlarni yaratish uchun yo'l quradi. Avvalgi avlodidan 4 karra yuqori ishlash ko'rsatchiki hisobiga Ada ushbu sohada yangi standartni o'rnatadi" - dedi NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Huang GeForce Beyond: Special Broadcast GTC 2022 da
4-nm li Nvidia TSMC Ada Lovelace arxitekturasi asosidagi grafik protsessor kompaniya "kvantli sakrash" deb atovchi bir necha yaxshilanishlarga ega.
Bu yerda gap 3-avlod RT yadrosi, 4-avlod tenzor yadrosi, DLSS 3 va AV1 kodirovkalash, Ada optik oqim tezlatkichi va sheyderlarni bajarishning qayta tartiblash (SER) kabi funksiyalari haqida ketmoqda.