Office Worda Kitob va Albom shaklida ishlash
Kitob shakli
Albom shakli
Lekin, shunday vaziyatlar bo`ladiki, biz ham kitob, ham albom shaklida ishlashimiz zarurati payda bo`ladi. Bunday holatlar uchun quyidagicha ish tutamiz.
Biz avvalo "varaq parametri" (параметры страницы) oynasini chaqirib olishimiz kerak (2-rasm). Bu oyna quyidagicha ko`rinishda:
"Varaq parametri" (параметры страницы)
Bu oynani qanday chaqirish mumkin? Buning eng oson usuli quyidagicha:
Varaqning tepasidagi chizg`ichning qora qismiga ikki bor ketma-ket bosing.
Endi varaqlardan birini kitob, keyingisini albom shaklida qilamiz. Buning uchun bizga kamida 2 ta varaq kerak. Ularni yaratamiz, 2-rasmda ko`rsatilgan oynani chaqiramiz. Odatda, "kitob" rejimi avtonom tarzda turadi. Biz keyingi varaqga o`tamiz va 4-rasmda ko`rsatilganlarni tanlaymiz:
Qizil bilan belgilanganlarni tanlang
Bu orqali keyingi varaq albom shaklga o`tadi. Agarda siz undan keyingi varaqni qayta kitob shakliga o`tkazmoqchi bo`lsangiz quyidagicha qilasiz:
Keyingi betlar qaytib kitob shakliga qaytadi.
Bu ma'lumotlarni balki siz bilarsiz lekin bilmaydigan odamlar ham bor shuning uchun har extimolga qarshi biz bu maqolani tayyorladik.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.