Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi

Alvido - Windows 7

11.04.2020 / 12:54Akbarali 720
2020 yilning 14-yanvar kuni Microsoft Kompaniyaasining Windows 7 operatsion dasturi 10 yillik ish davridan so`ng rasmiy ravishda "yangilanish" olishdan to`xtatildi. Sodda qilib aytganda, u endi - "o`ldi".


"Yangilanish" (Обновление) - bu sizning tafigingizni odatda sizning ruxsatingizsiz sarf etadigan funksiya bo`lib, operatsion tizim va unga tegishli bo`lgan rasmiy dasturlar bilan bog`liq xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqiladi.
2009 yil 22-oktabrda boshlab rasmiy sotuvga chiqqan Windows 7 operatsion tizim o`tgan 10 yil davomida har yili bir necha marotaba yangilanish olar edi. Endi esa yangilanishlar bo`lmaydi. Bu esa sizning internet trafigingiz endi o`z o`zidan qayergadur sarf bo`lmasligini anglatadi.
Ma'lumot uchun, Windows 7 OT (operatsion tizimi) butun dunyo bo`ylab eng keng qo`llaniluvchi OT lardan biri hisoblanadi. Hattoki, O`zbekistonda ham aksar qurilmalarda (noutbuk, kompyuter) aynan ushbu OT dan foydalaniladi.
U nima uchun mashhur bo`ldi?
Uning mashhurligining asosiy sababi - nisbatan soddaligida edi. Undan oldingi Windows XP ga nisbatan chiroyli dizayn va qo`shimcha imkoniyatlar hamda boshqa dasturlar bilan muvofiqligi uni standart OT lar qatorida birinchilikka ko`tardi.



Windows XP
Agarda u shunchalar yaxshi bo`lsa, nega uni "yangilash" tugatildi?

Bunga eng asosiy sabab - marketing!
Hammamizga ma'lumki, Windows 7 dan keyin - Windows 8 va Windows 10 OT lari mavjud. Windows 10 OT esa yildan yilga yangilanib, qo`shimcha funksiya va imkoniyatlarga ega bo`lib bormoqda. Tabiiyki, narx jihatdan ham ancha qimmat turadi. Yangi mahsulotni o`tkazish uchun esa - eskisidan voz kechish kerak!


Windows 10
Windows 7 OT da ishlovchi qurilmalarga endi nima bo`ladi, ular ishlamay qoladimi?

Bu operatsion tizim o`rnatilgan qurilmalar (kompyuter, noutbuk va boshqalar) hech qanday o`zgarishsiz ishlashda davom etadi. Faqat ular uchun yangilanishlar chiqishdan to`xtaydi. Bu esa ularga boshqa mustaqil dasturlar bilan muvofiqlashishiga to`sqinlik qiladi. Misol uchun, sizda Google Chrome internet brauzer dasturi bo`lsa, uzog`i 1-2 yil ichida u internet ma'lumotlarini aks etishda juda katta kamchiliklar bilan ishlashni boshlaydi. Chunki, undagi yangi drayver va funksiyalar eskirib qolgan Windows 7 bilan muvofiqlasha olmaydi. Bu boshqa dastular uchun ham tegishli bo`ladi. Oxir oqibat siz bari bir yangi operatsion tizimga o`tishingizga to`g`ri keladi!
Shaxsiy hulosalarimdan kelib chiqib aytadigan bo`lsam Windows XP rasman to`xtatilganidan keyin ham ancha yillardan beri foydalanib kelinayotganini inobatga olib (bank va boshqa davlat tashkilotlari nazarda tutilmoqda) Windows 7 ham hali bizga juda ko`p vaqt mobaynida bizga "Norasmiy" ravishda xizmat qilishiga ko`zim yetadi.

Muallif haqida

Akbarali

Web dasturchi dasturlashda php, js, css3, html5, SQLdan foydalanadi. API kalitlar bilan ishlashni yaxshi ko`radi.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Akbarali 25.02.2020 / 10:56 #8

Maqola sizga yoqdi deb umid qilaman.
Javob berish


Jasurbek 22.02.2020 / 11:55 #3

Maqola juda ajoyib rahmat
Javob berish


TepaPast