Avvalgi eski maqolada VS Codeda Live Serverni ishlatish haqida maqola yozgan edim.
Bugun Shu narsani PHPSTROMda ishlatmoqchi bo`ldim. Aniqrog`i OpenServerda Proyek qilayotib html fayllarni o`zgartirish jarayoni qiyn bo`lgani uchun (aniqrog`i har bir o`zgarishni qilgandan so`ng Reload ni bosishga eringanim uchun) VS Codening Live Server Dasturiga o`xshagan narsa qidirdim.
Internetda PHPSorm uchun Live Server o`rniga Live Edit degan o`zining kengaytmasi borligi va uni ishlatish kerakligi haqida uzundan uzoq maqolalar malumotlar va juda ko`p urinishlardan so`ng men LiveReloadX ni topdim. Bungacha esa ancha vaqt yo`qotdim.
Shuning uchun menday yana kimdur sarson bo`lib qidirmasligi va vaqt yo`qotmasligi uchun LiveReloadX va uni o`rnatish haiqda maqola yozaman.
LiveReloadX ni NPM (Nodejs) orqali o`rnatiladi. (Agar bu nimaligini bilmasangiz o`rganing hozir maqola faqat LiveReloadXni o`rnatish haqida bo`ladi. ))))
npm install -g livereloadx
Komandasini kiritamiz va kerakli papkaga o`rnatib olamiz.
Shundan so`ng Ctrl+R ni bosib cmd komandasini yozib cmd ni ochamiz. va C:\> C diskning bosh katalogiga o`tib
livereloadx -y http://domain.loc/-p 35729 OSPanel/domains/project.loc
komandasini kiritamiz. domain.loc ga siz openserverda ochilgan project nomini yozasiz. -p 35729 bu LiveReloadX ning default port raqami. Undan keyngisi esa Projet fayllari saqlangan fayllar. Ya'ni ko`rsatilgan papka ichidagi fayllardan birortasi o`zgarganida Browser Reload bo'ladi.
Shundan so`ng siz o`zingizning proyektingizning footer.php fayliga
<script>document.write('<script src="http://' + (location.host || 'localhost').split(':')[0] + ':35729/livereload.js?snipver=2"></' + 'script>')</script>
kodni yozib qo`yishingiz kerak. Meni loyiham Laravelda bo`lgani uchun men
/resources/views/layouts/default.blade.php
Faylining eng tagiga yozdim.
Shundan so`ng siz kerakli fayllarni o`zgartirsangiz va o`sha Proyektni Browserda ochsangiz va fayllarni yangilab saqlasangiz avtomatik yangilanishi kerak.
Hullash bugungi maqola shundan iborat edi E'tiboringiz uchun rahmat. Bu maqolani o`zim uchun eslatma sifatida yozdim va vaqtim kamligi sababli juda ham shoshilib yozdim shuning uchun imloviy xatolar uchun uzur. Agarda Biror muammo yuzaga kelsa maqolaga fikr yozishingiz yoki https://t.me/uzhackersw_group telegram guruhimizda savolaringizni berishingiz mumkun.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi. Maqola o`g`rincha ko`chirilganda websaytga havola ko`rsatilishi shart!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing! Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz