So'nggi paytlarda internetda "totalizator", "bukmeker" va "treyder" kabi so'zlarga kop bor ko'zimiz tushmoqda. Xo'sh, ular nima, ular orqali haqiqatta boyib ketish mumkinmi? Va, bu narsani "hakkerlk"ka aloqasi bormi?!
Avvalo, shu narsa aytish kerakki, yuqorida sanab o'tilgan ishlarni birortasi hakkerlik bilan aloqador emas. To'g'ri, totalizatordan, bukmekerlik va treyderlikdan katta-katta daromad olayotganlar yetarlicha va ular bir qarashda tushunarsiz bo'lgan dasturlardan foydalanadi, lekin, ularni hech qanday dastur yoki kod yozmaydi, yaratmaydi, ular shunchaki belgilangan dasturlarda belgilangan vazifalarni bajaradi.
Tushuntirishimizni totalizatordan boshlasak: Totalizatorning turi ko'p va qo'llanilish joyi ham. "Totalizator" termini esa juda ko'p joylarda qo'llaniladi. Sport o'yiniga pul tikishda qo'llaniladigan totalizatorlar esa aslida vositachi tashkilotlar, joylar yoki dasturlar hisoblanadi.
Totalizator ishlashi
U qanday ishlaydi? Sodda qilib tushuntiramiz. Siz Konor va Habib olishuvida Habibga pul tikmoqchisiz. Siz bilan birga yana 1000 kishi Habibning g'alabasiga $100 dan pul tikdi, deylik. 1200 nafar ishtirokchi esa Konorning g'alabasi uchun pul tikdi. 300 nafar ishtirokchi durrangni tanladi. Jami yig'ilgan pul $250.000 ni tashkil etdi. Habib g'alaba qozondi, yig'ilgan $250.000 pul 5% firma haqi (foiz boshqa bo'lishi ham mumkin!) chiqarib yuborilganidan so'ng Habibni g'alabasiga pul tikkan 1000 ta ishtirokchi orasida taqsimlanadi va bunda ishtirokchilar qancha pul tikkani hisobga olinadi. Ya'ni, ko'proq tikkan ko'proq, kamroq tikkan - kamroq. Bunda ishtirokchilar soni muxim rol o'ynaydi.
Bukmekerlik. Bu totalizator bilan deyarli bir xil jarayon. Faqat, asosiy farqi - bunda ishtirokchilar sonining ahamiyati yo'q. Siz tashkilotchi bilan ya'ni bukmekerlik tashkiloti bilan "bahs boylagan" bo'lasiz. Boshqacha aytganda, siz g'olib bo'lgan holatingizda aniq qancha pul olishingizni bilasiz.
Bukmeker tashkiloti
Shuni unitmang-ki, treyderlik ham, bukmekerlik ham oddiy qimor. Bu yerda yutish ehtimoli 30% dan ko'p emas. Eng yomoni esa siz bir bor yutganingizdan keyin boshlanadi. Siz hamma sport natijalarini aytib bera oladigan odamdek o'zingizni his qilasiz, lekin, topganingizdan yo'qotganingiz ko'p bo'ladi. Bundan tashqari, totalizator va bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanishni taklif etayotganlarning aksariyati shunchaki qallob va yolg'onchilar. Sizga bu kabi ishlar bilan shug'ullanmaslikni aytagan bo'lar edik.
Treyderlik. Jamiyatimizda totalizator va bukmekerlik bilan bir qatorda treyderlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar ham ko'paymoqda. Xo'p, treyderlikni yuqoridagi ikki faoliyat turidan farqi nimada?
Treyderlik avvalo savdo-sotiqdir. Maxsus dastur yoki saytlar orqali turli xil tovar-xomashyo yoki valyuta birliklarining kurslari o'zgarishi hisobiga foyda qilasiz. Misol uchun, soat 10:00 da Yevro (Euro) ning Dollar (USD) ga nisbatan kursi 1.22/1.20 bo'lsin ya'ni siz 1 yevroni sotib olishingiz uchun 1.2222 dollar sarf etasiz, sotmoqchi bo'lsangiz esa 1 yevroni 1.2000 dollardan sotasiz. Siz Yevroni kursi o'sishini taxmin qildingiz va sizning fikringizcha ma'lum bir vaqtdan so'ng 1 yevroning narxi 1.24 dollarga ko'tariladi ya'ni 0.02 sentga. Va siz sotib olishni boshlaysiz. Soat 14:00 bo'lganda haqiqattan ham kurs 1.24 da ko'tarilganda siz o'rtadagi tafovut hisobiga daromad ko'rasiz.
Treyderlik
Totalizator va bukmekerlikdan farqli ravishda, treyderlikni qimor deyish biroz qiyin masala. Bunga bir necha sabablar bor:
- siz real vaqtdagi valyuta, tovar-xomashyo, turli aksiyalarning narxlari o'zgarishi hisobiga faoliyat yuritasiz, bunda qandaydir "kelishilgan" ishlar bo'lish ehtimoli minimal darajada;
- valyuta, tovar-xomashyo, turli aksiyalarning narxlari o'zgarishi ma'lum bir davriylikka ega va shu asosda narxlarning qachon ko'tarilishi va tushishini oldidan taxmin qilish mumkin;
- agarda siz savdoga kirmagan bo'lsangiz istalgan vaqtda pulingni qaytarib olishingiz mumkin. Savdo qilinmagan holatda pulingiz yo'qolib ketmaydi.
Lekin, shuni ham aytish kerak-ki, bu sohada yillar davomida faoliyat olib borayotganlar ham hech qachon 100% aniqlikda bozordagi narx-navoni prognoz qila olmaydi. Bozordagi narx-navo vaqti-vaqti bilan kutilmagan hodisalar hisobiga keskin o'zgarishi mumkin.
Shuni ham aytish zarurki, hozirgi kunda sohta treyder firmalari ham ko'paymoqda. Ular sizga birjada savdo qilib millioner bo'lib ketishingizni va'da qilishadi, lekin, pulingizni olishlari bilan sizni tanimay qolishadi.
Xulosa. Yuqorida keltirib o'tilgan faoliyat turlari yoshlar orasida tezda boyib ketishga imkon beruvchi yo'llar sifatida ko'rinishi mumkin. Aslida esa unday emas. Bu faoliyatlardan daromad topish ehtimoli juda past. To'g'ri, kimlardir mo'may daromad topmoqda, lekin, bu odamlar 100 dan 10%ni tashkil etadi, xolos. Qolgan 90% esa yo daromad ko'rmaydi yoki bo'lmasam zarar bilan qoladi.
Agar, yo'qotadigan pulingizga ko'z yumib keta olmasangiz, bunday faoliyat turlari bilan mutlaqo shug'ullanmang.