Play Marketdagi xavf
Hozir butun dunyo bo‘yicha smartfonlardagi eng ko‘p qo‘llaniladigan mobil operatsion tizimi bu – Android operatsion tizimidir. Tabiiyki, ushbu operatsion tizim uchun yaratilgan zararli dasturlar soni ham kun sayin ko‘paymoqda. RiskIQ kompaniyasi tomonidan 2019 yil oxirida o‘tkazilgan tekshiruvga ko‘ra Android OT lari uchun mo‘ljallangan Androidning rasmiy mobil ilovalar do‘koni Google Play Store da 26 mingga yaqin zararlangan ilovalar aniqlangan. Bu esa smartfonlarda ma’lumot almashishda ularning daxlsizligini shubha ostiga qo‘yadi. Chunki, har kuni Google Play Store dan yuz minglab ilovalar foydalanuvchilar tomonidan yuklab olinadi.
Nima uchun smartfonlar bu darajada xavf ostida? Javob oddiy: hozirgi kunda juda ko‘plab amaliyotlarni online tarzda yoki “kontaktsiz” amalga oshirish jarayoni ketmoqda. Bu esa ma’lumot o‘g‘rilashga mo‘ljallangan ilovalar ko‘payib borishiga olib keladi.
Bu dasturlar qanday ishlaydi? Ularning asosiy funksiyasi aslida boshqacha bo‘ladi – o‘yin, musiqa tinglash, video ko‘rish, suratga olish va hokazo. Ular o‘rnatilganda sizdan turli bo‘limlarga (kontaktlar, sms xabarlar, rasmlar va boshqalar) murojat qilishga ruxsat so‘raydi, siz rozilik bildirganingizdan keyin ular bu bo‘limlardagi ma’lumotlardan be’malol foydalana olish huquqiga ega bo‘ladi. Siz global tarmoqqa ulanganingizda esa ularni sizga bildirmagan holda tarqatib yuboradi.
Shu sabab - shubhali ko`ringan, ko`chirilganlar soni kam bo`lgan, foydalanuvchilar savollariga javob bermaydigan dasturlarni ko`chirmasligingizni maslahat bergan bo`lardik.