Qaysi saytlardan virus yuqtirish mumkin?!
Siz ularni ishlayotganini bilmaysiz va ular sizga bildirmay nima maqsadda yaratilgan bo`lsa shu maqsadni yashirincha amalga oshiradi yoki aksincha, ular o`zlari haqida shunday bildiraki, siz qurilmangizni "otib yuborgingiz" keladi.
Savol tug`iladi - viruslar aynan qayerdan keladi?
Mamlakatimizdan kompyuter viruslari ko`proq fleshkalar orqali tarqaladi: antivurusi yo`q yoki yaxshi ishlamaydigan foydalanuvchi o`z viruslarini o`ziga o`xshagan foydalanuvchiga berishi orqali viruslar tez tarqaladi.
Lekin shunday ham bo`ladiki, siz viruslarni internetdan yuklab olishingiz ham mumkin. To`g`ri, respublikamizda bu holat nisbatan kam uchraydi, chunki bizda internet orqali asosan yozishmalar amalga oshiriladi va media kontent iste'mol qilinadi, turli hujjat yoki dasturlar aylanmasi esa ko`pincha byurokratik usulda yoki fleshka orqali amalga oshiriladi.
Shunga qaramay, sizga qaysi saytlarda viruslar ko`p uchrashi mumkinligini bildirmoqchiman.
Yangi ochilgan va tegishli darajada nazorat qilinmaydigan forumlar va ijtimoiy tarmoqlar. Misol uchun, "odnoklassniki.ru" sayti o`zining ilk yillarida yetarli darajada virus tashuvchi saytga aylangan. Bugungi kunda turli forumlarda ba'zi bir foydalanuvchilar o`zlari yaratgan viruslarni boshqa bir foydalanuvchilarning yordam bilan murojat qilgan so`rovini tagiga - javob tariqasida tashlab qo`yadi. Tabiiyki, yuklangan faylni ko`chirgan odamga virus yuqadi.
Messenjerlardagi maqsadi noma'lum kanallar. Bu kanallar turli mavzuda bo`lishi mumkin: din, kayfiyatni ko`taruvchi rolik va rasmlar, romantik rasm va hikoyalar, behayo rolik va suratlar va h.k. Sodda foydalanuvchi rasmlar orasiga joylangan noma'lum ilovani yuklab olganda haqiqiy tomosha boshlanadi. Shu sabab shubhali kanallardan ehtiyot bo`ling.
Pornografik saytlar. Ha, hozirda aynan shunday saytlar orqali virus tarqatish urfga aylangan. Go`yoki siz bilan kimdur tanishmoqchi yoki siz hali ko`rmagan xildagi rolik/rasm mavjud, tugmaning bosing va ...
Hurmatli foydalanuvchilar, ishonchli antivirus dasturlaridan faol foydalaning, shubhali kanal va saytlarga kirmang, noma'lum narsalarni ko`chirmang! Biror yordam kerak bo`lsa bizga murojaat qiling.