Qo'shimcha dasturlar va drayverlarning bir-biridan farqi
Bilamizki va ko'p eshitganmizki, OT da dasturlar, drayverlar mavjud. Bular OT ning asosiy bo'lagi hisoblanadi. Biz yirik ko'rinishda 2 turga bo'ldik, aslida esa buning turlari juda ko'p va uning oxiriga yetish mushkul. Xo'sh bular qanday tuzilgan, nima uchun kerak degan savollarga to'xtalsak. Keling avval drayverlar haqida gaplashamiz.
Drayver — bu OT asosiy bo'lagi bo'lib, uni sodda qilib tushuntirsak, u OT ga bog'langan barcha fizik qurilmalarning so'zlarini OT ga tarjima qiluvchi yoki OT buyruqlarini qurilmalarga tarjima qiluvchi kichik dastur hisoblanadi. Demak drayverlar ham dastur ekaligini bilib oldik. Endi bu qurilmalarga nima kirishi mumkin deyishingiz mumkin, Kompyuteringiz ishlashi uchun nima va qanday qurilma kerak bo'lsa bularning barchasi kiradi ya'ni protsessor (ona plata ichida joylashgan miya), operativ xotira, doimiy xotira, videa grafika, kalonka, tarmoq kartasi, kuller, shinalar, blok-pitaniya, usb va h.klardir. Bundan tashqari qo'shimcha drayverlar mavjud ya'ni printer qurilmasining drayveri, mobil telefonlarni kompyuterga ulash uchun ishlatiluvchi drayverlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Drayverlar orqali OT ishi yengillashadi ya'ni OT to'g'ridan to'g'ri qurilmaga murojaat qilmasdan uning drayveriga murojaat qiladi va drayver o'zining qurilmasi bilan aloqani o'rnatib, OT yuklagan vazifalarni yetkazib beradi.
Drayverlar
Qo'shimcha dasturlar — bu OT va uning drayverlari o'rnatilgandan so'ng OT ishga tayyor bo'lgandan so'ngina o'rnatiluvchi, foydalanuvchiga yordamlashuvchi, qandaydir masala bo'yicha ko'maklashuvchi dasturlar hisoblanadi. Bunday dasturlar juda ko'p bo'lib, ularning turi ham ko'rinishi ham ko'pdir. Bular OT ga murojaat qiladi OT esa bu dastur uchun kerakli qurilmadan keraklicha joy ajratib beradi (albatta drayverlar yordami bilan) va bu dastur ishlashi uchun sharoit yaratib beradi. Agar OT dastur so'rayotgan qo'llab-quvvatlashga javob bera olmasa bu dastur ishga tushmaydi va qanday kamchilik yuzaga kelsa shuni ogohlantirish oynasi orqali ekranga chiqazadi. Bu kabi dasturlarga MS Office paketi, Google chrome brauzeri, Total Commander, WinRAR kabi dasturlarni misol qilib keltirish mumkin.
Qo'shimcha dasturlar