Sizda Wi-Fi bormi ? Wi-Fi bor degani - internet ishlaydi degani emas!
Hurmatli kanal a’zolari va barcha yurtdoshlar, shuni unitmang-ki, Wi-Fi – bu aslida signalning bir turi, xolos (Wi-Fi ingliz tilida — Wireless Fidelity ya’ni, “simzis sifat/aniqlik” degan ma’noni anglatadi. Wi-Fi ni hatto qo‘lingizdagi telefon ham tarqata oladi, lekin Wi-Fi tarqagani bilan internetga kirolmaysiz!
90% Wi-Fi tarqatuvchi qurilmalar internetga ulanishi uchun ularning orqa qismiga internet kabel ulanishi kerak. Bu kabel telefon simi yoki simmetrik (lokal) kabel bo‘lishi mumkin. Hatto beelinening 4G Wi-Fi routeri ham sim kartadagi internet trafigisiz internetga kirmaydi.
Boshqacha aytganda, sizda eng so‘nggi Wi-Fi qurilmasi bo‘lsa ham, siz internetga o‘z-o‘zidan kirib qolmaysiz. Avvalo sizning uyingizga biror bir internet operatori tomonidan (uzonline, sarkor, sharq telekom, istv, netco va h.k.) internet kelgan (kabel ko‘rinishida) bo‘lishi kerak. Shu kabel Wi-Fi signali tarqatuvchi qurilmaga ulanadi. Bu qurilma esa internetga Wi-Fi signalini tarqatadi. Lekin, shuni unitmangki, qurilma kabelsiz ham Wi-Fi signalini tarqatadi. Faqat bitta muammo, agarda Wi-Fi qurilmangiz internet kabelga ulanmagan bo‘lsa, siz ulangan Wi-Fi signali sizni internetga ulab bermaydi!
Avval internetga ulaning, Wi-Fi ni keying qo‘ydirsangiz ham bo‘ladi!