Ba'zida shunday bo'ladiki, windowsni qayta o'rnatganimizdan so'ng operatsion tizim ishga tushish vaqtida sizda 2 ta windows ro'yxati paydo bo'lib qoladi.
Bunga asosiy sabab windowsni qayta o'rnatish jarayonida qattiq diskning ayrim yacheykalarida eski windows haqida axborot qolishi va shu sabab tizim kompyuterda ayni vaqtda ikkita windows bor deb hisoblashidadir.
Odatda bunday vaziyatda ma'lum bir vaqtdan so'ng yangi o'rnatilgan windows avtonom tarzda ishga tushadi. Bunda eski operatsion tizim tanlangan vaqtda kompyuter qayta ishga tushadi va yana shu oyna chiqadi, chunki, eski operatsion tizimga tegishli bo'lgan papkalar mavjud emas. Agarda sizga kopmyuteringiz yonganida bunday ro'yxat shaklida turishi yoqmasa va birdaniga yangi tizim ishga tushishini istasangiz unda quyidagi amallarni bajaring:
Win (Pusk) va R tugmasini birga bosing, ishga tushgan Buyruqlar oynasiga "msconfig" buyrug'ini yozing va OK tugmasini bosing:
Win+R: msconfig
Sizda Tizim konfiguratsiyasi - oynasi ochiladi:
Ushbu oynaning Загрузка (1-raqam) qismiga o'ting:
Bu oynada sizda yangi (2-raqam) va eski windowsingiz aks etadi. Eski windows ustiga bosasiz va Удалить tugmasini tanlab o'chirib tashlaysiz hamda OK tugmasini bosib chiqib ketasiz.
Shu bilan endi siz kompyuteringizni ishga tushurganingizda avtonom tarzda yangi tizim ishga tushadi va ro'yxat chiqmaydi.
Agarda siz o'z xohishingiz bilan 2 ta operatsion tizimni shakllantirgan bo'lsangiz va eski operatsion tizimingiz avtonom ishga tushayotgan bo'lsa-yu, sizga bu yoqmasa, unda 3-raqamni tanlaysiz. Bunday holatda endi doim yangi tizimingiz ishga tushadi.