Turli videolarni tomosha qilish uchun dasturlanri to‘g‘ri tanlash
1-rasm. Windows Media Player
2-rasm. Dastur ishga tushgan holatda odatda shunday ko‘rinishda bo‘ladi
Lekin ko‘pincha foydalanuvchilar bu dastur orqali aksar videolarni ko‘rib bo‘lmayotganini aytishadi. Videolarni ko‘rishda dastur xatolik beradi, yoki, videoni ovozi bor-u, tasvir o‘rniga turli figuralar aks etadi, yoki rasm chiqib qoladi. Bunday holat odatda windowsga turli xil formatlarni ochish uchun codec o‘rnatilmagani uchun sodir bo‘ladi.
3-rasm. Hozirgi kunda video uchun juda ko‘p formatlar mavjud. Asosiy format turlari MP4, AVI, MKV, VOB –hisoblanadi
Lekin windows o‘rnatilganda codec yozdirilmaguniga qadar Windows Media Player faqat MP4, VOB va yana ayrim formatlari ochadi, xolos. Qolganlariga esa xato beradi. Aynan shunday xatolarni oldini olish uchun codec yozdiriladi. Aslida codeclarni yozdirish majburiy emas. Hozirgi kundagi mustaqil o‘rnatiluvchi aksar dasturlar o‘z tarkibida deyarli barcha formatlarni o‘z ichiga olgan codeclarga ega. Agarda siz videolarni ko‘rish uchun qaysi dasturdan foydalansam bo‘ladi desangiz, quyidagilarni tavsiya qilishim mumkin:
Windows Media Player Classic
4-rasm. Windows Media Player Classic
Windows Media Player Classic – odatda codec bilan birga o‘rnatiluvchi bu dastur juda qulay va sodda ko‘rinishga ega. Ko‘p hollarda u Windows tarkibida ham bo‘ladi.
KMP player
5-rasm. The KMP player
The KMP player – koreya dasturchilari tomonidan yaratilgan bu dastur, juda qulay, 3D formatli videolarni tomosha qilish, o‘zingiz xohlagan o‘lchamda ko‘rish imkonini beradi. undan tashqari u o‘z tarkibida ko‘plab codeclarni oladi.
PotPlayer
6-rasm. PotPlayer
PotPlayer – ham koreya dasturchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, The KMP Player dasturiga juda o‘xshab ketadi. Asosiy farqi imkoniyatlaridadir.
Qayerdan video formatini bilish mumkin?
Javob oddiy, har bir videoning oxiriga uning formati yozib qo‘yilgan bo‘ladi:
7-rasm. Videoning kengaytmalari
8-rasm. Yoki istalgan videoga sichqonchaning o‘ng tugamsini bosib, «Свойства» kirib bilish mumkin
Yuqoridagi dasturlarni ko'chirib olish uchun quyidagi havolalarga o'ting:
#SAMCoDeCs kodeklar paketini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://t.me/WindPro_UzH/21
#PotPlayer video pleyirini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://t.me/WindPro_UzH/23
#KMPlayer video pleyirini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://t.me/WindPro_UzH/25