Wi-Fi 6 haqida soddagina

26.03.2020 / 19:19Qobiljon 500
Wi-Fi – bu nomni eshitmagan odamni oʻzi qolmagan boʻlsa kerak. Qachonlardir tushunarsiz boʻlib eshitilgan bu nom endi 5 yoshli bolaga ham 70 yoshli otaxonga ham tanish. Faqat shu narsa borki, aholini koʻpchiligi bu simsiz aloqa texnologiyasini aynan Internetni ta’minlab berish uchun xizmat qiladi deb oʻyladi. Lekin, aslida bu texnologiyaning asosiy maqsadi internet boʻlsa-boʻlmasa ma’lumotlar almashinuvini simsiz shaklda ta’minlashdan iboratdir.
Wi-Fi texnologiyasi shu qadar mashhur boʻldiki, uning turli versiyalari yildan yilga chiqa boshladi. 1999 yildan boshlab 2019 yilgacha Wi-Fi ning 802.11 “a, b, g, n, ac, ax” kabi versiyalari chiqa boshladi. Bular hali rasmiy e’lon qilinganlari.

2018 yilda Wi-Fi 802.11 ax standarti e’lon qilindi va 2019 yil oxirida taqdim etilishi aytildi. Eng ajoyib jihati shundaki, endi u alohida maxsus standart nom bilan emas, shunchaki, “Wi-Fi 6” deb yuritila boshlandi.
Wi-Fi 6 oʻz akalaridan uzatish tezligining 11 Gbit/s ga yetkazilganligi bilan ajralib turadi. Wi-Fi 4 da bu maksimum 600 Mbit/s, Wi-Fi 5 da 6,77 Gbit/s ni tashkil etgan edi.

Muallif haqida

Qobiljon

Magistr. Internetdan maʼlumot qidirish va yuklash boʻyicha mutaxassis.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast



Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi