
1-rasm. Buning uchun biz ish stolida turib «Этот компьютер» ga kiramiz

2-rasm. Xoxlasak «Локальный диск ©» ga xoxlasak «Локальный диск (D)» ga sichqonchani olib borib o'ng tugmasini bosamiz va «свойства» ga kiramiz

3-rasm. So'ng quyidagicha oyna ochiladi va «Очистка диска» ni bosamiz. Biz «Локальный диск ©» ni tanladik. Bu ishni xuddi shunday tarzda «Локальный диск (D)» bilan ham amalga oshirish mumkin

4-rasm. Bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bu oyna «Локальный диск ©» dagi keraksiz fayl va ma'lumotlarni izlab topadi (tizim uchun keraksiz bo'lgan yoki o'chirish mumkin bo'lgan)

5-rasm. Ochilgan oynada quyidagilarni ko'ramiz
1. Bu yerda topilgan keraksiz ma'lumotlardan qanday ma'lumotlarni o'chirishni o'zimiz belgilaymiz (lekin bu oyna ochilganda tizimning o'zi avtomatik belgilaganlari bilan ochiladi);
2. Bunda esa tizimga chuqurroq kirgan holatda operatsion tizimning damplarini ham tozalash mumkin;
3. O'chirmoqchi bo'lgan ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati ya'ni 1-orqali tanlagan joyimizdagi ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin.

6-rasm. Belgilab bo'lib «OK» tugmasini bosamiz

7-rasm. So'ng bizda rostdan ham o'chirishni xoxlaysizmi degan tasdiqlovchi oyna ochiladi va biz «Удалить файлы» tugmasini bosamiz

8-rasm. Bizda tozalash jarayon amalga oshiriladigan oyna ochiladi va bu oyna yopilgandan so'ng bizning tozalash ishimiz tugatiladi.