WINDOWS operatsion tizimining versiyasini aniqlash
1-usul: Ish stolidagi (рабочий стол) mening kompyuterim (мой компьютер) yoki bu kompyuter (этот компьютер) ga sichqonchamizni olib borib, uning o'ng tugmasini bosamiz va svoystva (свойства) bo'limini tanlaymiz (ESLATMA, BU HOLATDA MENING KOMPYUTERIM YORLIG'i BO'LISHI KERAK EMAS).
1-rasm. Rasmda qizil bilan belgilangan bo'limni tanlaymiz
2-rasm. Va biz WINDOWS operatsion tizimining versiyasini ko'rishimiz mumkin. WINDOWS versiyamiz WINDOWS 8.1 ekan.
2-usul: Bunda biz klaviaturaning yordami kerak bo'ladi. Biz ish stolida turib klaviaturadagi Win+X tugmalarini birgalikda bosamiz va bizda kichik menyucha ochiladi. U yerdan biz svoystva (свойства) bo'limini tanlaymiz.
3-rasm. So'ng ochilgan menyuchadan tizim (система) bo'limi tanlanishi
4-rasm. Ochilgan oynachada bizning WINDOWS operatsion tizimimizning versiyasini ko'rishimiz mumkin. WINDOWS versiyamiz WINDOWS 10 ekan3-usul: Bu usulda ham klaviaturaning yordamidan foydalanamiz. Bunda biz endi WIN + Break (Pause) kombinatsiyalaridan foydalanamiz.
5-rasm. WIN + Break (Pause)
6-rasm. WINDOWS versiyamiz WINDOWS 7 ekan
ESLATIB O'TAMIZ, bu usullarning barchasi WINDOWS ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalarida amalga oshirish mumkin. Qolgan barcha versiyalarda esa 1-usuldan foydalangan ma'qul.