Windows OT va uning versiyalari bilan tanishish

Hayrli kech Do'stlar!!! Anchadan beri maqola yozmay sizni zeriktirib qo'ydikmi? Uzur. Sizlar bilan yana «UzHackerSW» jamoasi. Bugun eng qiziqarli va muhim mavzu bilan tanishib chiqamiz. Qanday deysizmi? Bizning kuzatib boring, unda boshladik.

Bilamizki, Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o'rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta'rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta'minotni bir biriga bog'lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog'lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft — Disk Operating System) bo'lgan.

MS-DOS operatsion tizimi


OS/2 operatsion tizimi


Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug'iladi? xo'sh u nima? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so'zi inglizcha so'z bo'lib, «oynalar» degan ma'noni beradi. Ya'ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo'lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o'yin o'ynaganda ham oynada ochilgan o'yinni o'ynayotgan bo'lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo'lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud:

Windows1-3.1 — ya'ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo'lib faqat ba'zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo'llanilgan, birinchi o'yinni o'z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo'llanilgan.


Windows 1


Windows 2



Windows 3




Windows 3.1


Windows 95 — 1995 — yilning avgust oyida ishlab chiqilgan. Uning afzalliklari shundan iborat ediki, u birinchi «pusk» (start) tugmali OT im, «plug and play» yangilanish qo'shilgan («plug and play» — bu biror qurilmani kompyuterga ulaganingizda u qurilmaning driverini OT imning o'zi o'z bazasidan izlab topib OT ga o'rnatadi) va bizga ma'lum va mashhur Windows ning internet brauzer ya'ni «Internet Explorer» ham birinchi ko'rinishi shu OT dan joy olgan.

Windows 95

Windows 98 — 1998 — yilning iyun oyida taqdim etilgan. U o'zida birinchi Windows Media Player 6.2 ni o'z ichiga olgan. Yana bir afzalligi Windosw Explorer ya'ni papkalar bilan ishlovchi oynada orqaga va oldinga tugmalar bilan boyitilgan va bir necha oldingi OT dagi kamchiliklar yangilangan.



Windows 98

Windows ME — 2000-yilning sentyabr oyida taqdim etigan. Bu Windows versiyasida tizimni qayta tiklash, Windows Media Player yangilangan versiyasi va biz sevib ishlagan birinchi Windows Movie Maker dasturi joy olgan.



Windows ME


Windows XP — o'z davrida eng mashhur va tezkor OT bo'lgan bu OT ni haligacha ham eslashadi va hali hanuz ham ishlatib kelinmoqda. Bu OT ning tezkorligi, qulayligi, yengilligi, qulay interfeysga va chiroyli dizaynga ega ekanligi uning nomdor bo'lishiga olib kelgan. Bu OT 2001-yilning oktyabr oyida taqdim etilgan bo'lishiga qaramay, 2014- yilning aprel oyigacha Microsoft tomonidan dasturiy ta'minoti qo'llab quvvatlab kelingan. Bu Microsoft tarixidagi eng uzoq muddatli qo'llab quvvatlashga erishgan OT hisoblanadi. Bu OT da asosan oldingi versiyalardagi kamchiliklar va dasturlar yangilangan. Buning yagona kamchiligi mavjud bo'lib, u ham xavfsizlik masalada edi. Ya'ni biz firewall (himoyalovchi «olovli devor» ma'nosini beradi) sozlasak, u o'z-o'zidan ma'lum vaqtdan so'ng o'zining oldingi holatiga qaytadi.


Windows XP

Agar siz o'z noutbukingizda (bu usul faqat noutbuklar uchun sababi PC (shaxsiy kompyuterlarda) bu usul har doim ham ish bermasligi mumkin). Siz o'z klaviaturangizda quyida biz berib boradigan logotiplardan birini ko'rib turib o'z noutbukingiz qanday operatsion tizim uchun mo'ljallanganligini bilib olishingiz mumkin. Bu degani siz faqat shu turdagi operatdion tizim o'rnatishingiz kerak degani emas. BU sizga shu turdagi OT o'rnatish maslahat beradi.

WIndows XP logotipi

Windows Vista — 2007-yil yanvar oyida taqdim etilgan bu OT Windows OT da o'yin o'ynovchi o'yinchlar uchun eng yaxshi versiya bo'lgan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Sababi yuqori grafikaga ega bu OT turli o'yinlar uchun yuqori harakteristika (RAM, ROM, Video karta, HDD) talab qilgan. Lekin uning yuqori talabchanligi uni tez orada so'nishiga olib kelgan.

Windows Vista

Windows Vista logotipi

Windwos 7 — 2009 — yil oktyabr oyida taqdim etilgan OT. Bu operatsion tizim tezkorlik, stabillik, foydalanish uchun qulayligi tufayli ko'pchilikning e'tiboriga tushgan. Bu OT hozirga kelib ham ancha keng ko'lamda qo'llanilib kelmoqda. Windows 7 Windows Vista OT imining kamchilik va kritikalarini yopgan OT dir.

Windows 7

Windows 7 logotipi

Windows 8 / 8.1 — Windows 8 (2012, oktyabr) va Windows 8.1 (2013, oktyabr) bu OT lar juda Windows oilasi uchun katta yangilanish olib kirdi desak xato qilmagan bo'lamiz. OT da yangicha uslub plitkalardan foydalanish qo'llanilgan. Bu OT qo'lda boshqarish imkoniyati juda yuqori va mosligi tufayli o'z foydalanuvchilarni hayratga solgan. Windows 8.1 nega bunchalik tez ishlab chiqarilganligining sababi shuki Windows 8 da dasturlar bilan moslashuv juda pastligi va qiyinligi Windows 8.1 bartaraf etilgan. Uning ishlash muhiti tezligi va harakteristikalardan unumli va to'g'ri taqsimlay olish uni ommalashuviga sabab bo'lmoqda. Bu versiyalarda interfeys ko'rinishi va dizaynida deyarli farq sezilmaydi. Ha aytgancah Windows 8 / 8.1 versiyalari «pusk» tugmasining vazifasi o'zgarganligini ko'rish mumkin.


Windows 8

Windows 8.1



Windows 8 / 8.1 logotipi


Windwos 10 — 2014 — yil sentyabr oyida taqdim etilgan OT boshida test rejimida aqilli o'ylovchi insolar uchun ishlab chiqarilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiya yangilanishlar bilan boyitilib borildi va ommavi tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Bu versiyada Windows 8 / 8.1 da «pusk» tugmasidan voz kechilganligi qayta joyiga qaytarilgan.


Windows 10 logotipi


ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o'xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o'xshashdir.

905
RSS
Fikr bildirganlar yo'q. Birinchilardan bo'ling!
Yuklanmoqda ...
Saytdan maqola ko`chirish bo`yicha

Saytdagi barcha maqolar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma'lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlar faqat sayt ma'muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan  holatda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarni buzsangiz O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan, 2006-yil 23-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan. O‘RQ-42-сон Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonuni bo`yicha jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi. 

Agarda sizning maqolangiz yoki siz yaratgan istalgan turdagi material, fayl, bizning saytimizda sizning ruxsatingizsiz turgan bo`lsa iltimos bizga xabar bering. Biz ushbu material yoki maqolangizni o`chiramiz yoki tahrirlaymiz.