Xitoy mahsulotlari qay darajada sifatli/siz ?!

Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizdaga texnika-texnologiyaning 80-90 %i Xitoy davlati mahsulotlaridir. Bu mahsulotlar qatoriga oddiy taroqdan tortib, narxi 1000 dollardan ham qimmat turuvchi iPhone telefonlari ham kiradi.

Hozirda ko'pchilik odamlar biror mahsulot orqasida «Made in China» degan yozuvni o'qisa ensasi qotadi. Xitoy bo'lgani uchun barcha mahsulotlar yomon deyishdan yiroqman. Gap shundaki, Xitoydan keluvchi mahsulotlar 2 turga bo'linadi: sifatli (ko'cha tilida «toza fabrichniy») va sifatiga kafolat berilmaydigan («toza Xitoy»).

Avvalo nima uchun ko'p mahsulotlar Xitoydan chiqishiga e'tibor qaratamiz. Gap shundaki, Xitoy aholisi salkam 1,5 mlrd kishini tashkil etadi, bu esa dunyo aholisining 1/5 qismi degani! Shu sabab, xalqaro hamjamiyat Xitoy kompaniyalariga istalgan mahsulotning nusxasini hech qanday ruxsatsiz (har doim ham emas) ishlab chiqarishga ruxsat bergan. Shu sabab, Xitoydagi kichik kompaniyalar xorijiy yoxud o'zlarining milliy va sifatly mahsulotlarining dizayni, arxitekturasini o'g'irlashlari tabiiy holga aylanib qolgan. Lekin, shunga qaramay ularning qo'lidan kelmaydigan ishlar bor, bu – sifat ko'rsatkichi!

Xitoy aholisi 1,5 mlrdga yaqin, ya'ni arzon ishchi kuchi ko'p. Amerikadagi ishchilar 100 dollarga qiladigan ishni xitoyliklar 1 dollarga va hatto undan ham arzoniga qilishga tayyor. Bu esa xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun ayni muddao. Bundan tashqari, Xitoy hududidagi ko'p sonli ishlab chiqarish zavod va fabrikalari xorijiy investorlarga tegishli korxonalarni kerakli xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Bu esa yana bir eng katta plus hisoblanadi. Aynan shuning uchun ko'plab gigant korporatsiyalar, jumladan, Apple, Samsung larning ikkinchi darajali (asosiysi mamlakatning o'zida joylashgan) ishlab chiqarish markazlari Xitoyda joylashgan. Shunday bo'lsada, siz har qadamda «toza firmaning mahsuloti»ni ko'rasiz degani emas.

Nafaqat xalqaro firmalar, balki Xitoy milliy firmalari (Huawei, ZTE va b.) ham o'z mahsulotlarini faqat va faqat ishonchli va doimiy hamkorlariga juda yirik miqdorda (10-100 mln dollarlik miqdorda) sotadi. Ko'chadagi kichik do'kon egalari esa u yerdan hech qachon mahsulot ololmaydilar, chunki pullari yetmaydi. Maboda Xitoyga borib qolsangiz va ko'chadagi sotuvchi sizga «toza firmenniy» deb biror bir mahsulotni ko'rsatsa – ishonmang. Ular asli biror bir kichikroq korxonadan sifati pastroq bo'lgan mahsulotni sizga taklif qilishayotgan bo'ladi. Shunchaki, dizayni original mahsulotga o'xshaydi, xolos.

Shunga qaramay, xitoyning brend firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetarli darajada sifatlidir. Bu mahsulotlarga oddiy kiyim-kechakdan tortib to qimmat baho texnikalar misol bo'ladi. Xo'sh, sifatli va sifatsiz mahsulotni qanday ajratib olsa bo'ladi. Bu u darajada qiyin ish emas, ayniqsa gap texnika borasida ketsa.

Birinchidan, mahsulot qutisiga e'tibor bering. Aytaylik, sifatsiz xitoy telefonlarining qutilari didsiz, qo'pol, arzon ko'rinishda bo'ladi, hattoki qutisi bo'lmaydi ham. Qutining rangi tez o'chadi, yozuvlariga tushunib bo'lmaydi (har qismida har xil o'lcham va shaklda yozilgan bo'ladi), ingliz tilida tavsifi bo'lmaydi (bo'lgan taqdirda ham grammatik xato, ma'lumotlar to'liq bo'lmaydi va ko'rimsiz yozilgan bo'ladi).

Ikkinchidan, mahsulotning turishiga e'tibor bering. Qirralari tekismi, rezina qoplamalari (agar bo'lsa) ning ortiqcha joylari ko'zga ko'rinmayaptimi, orqa qappog'i (ochilsa) oson ochilib, qiyinchiliksiz joyiga tushyaptimi, batareyka qo'yiladigan joyidagi qismida maxsus kodlar keltirilgan va aniq ko'ringanmi?

Mahsulotni ishga tushiring. Telefonni ishga tushurganingizda qanday ovoz chiqdi va u ovoz hech qanday shovqinlarsiz eshitilyaptimi, ekran sifatlimi, yoqish uchun qancha vaqt sarflandi, tugmalar ishlamoqdami, o'rnatilgan operatsion tizimda beo'xshovliklar yo'qmi? Ko'pincha, xitoy telefonlarning ovozi xira/shovqinli, ekran rangi pastroq, operatsion tizimi esa odatdagi operatsion tizimdan dizayni bo'yicha farq qiladigan bo'ladi.

To'rtinchi, mahsulotning narxi. Yuqorida aytganimdek, mahsulot orqasida «Made in China» degan yozuv bo'lsa ham, lekin biror bir ishonchli korporatsiyaga tegishli bo'lsa (Apple, Samsung, Huawei va b.) uning narxi yetarlicha baland bo'ladi. Shuning uchun ham Huawei kompaniyasining smartforlari narx jihatdan Apple yoki Samsungnikidan qolishmaydi.

Agar mahsulotning sifati past bo'lsa, uning narxi ham past bo'ladi. Misol qilib, deyarli har yili Apple korporatsiyasi taqdimotidan so'ng Xitoy bozorlarini bosib ketadigan yangi iPhone ning ko'chirmalarini keltirish mumkin. Tashqi jihatdan deyarli bir xil (odatda rangi boshqacha) bo'lgan bu telefonlarga iPhonega o'rnatilgan iOS operatsion tizimi emas, oddiy Android (u ham eskiroq versiya) o'rnatiladi. Kamerasi ham 12 va undan yuqori mpxni emas, atiga 3-5 mpx ni tashkil etadi. RAM va HDD xotiralari ham juda past bo'ladi. Quvvatlanadigan sloti esa android smartfonlari uchun mo'ljallangan slot shaklida bo'ladi.

Shunday ekan, Xitoy mahsulotlarini olayotganda e'tirobli bo'ling va ishonchli joydan ishonchli firmanikini oling.

345
RSS
Fikr bildirganlar yo'q. Birinchilardan bo'ling!
Yuklanmoqda ...
Saytdan maqola ko`chirish bo`yicha

Saytdagi barcha maqolar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma'lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlar faqat sayt ma'muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan  holatda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarni buzsangiz O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan, 2006-yil 23-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan. O‘RQ-42-сон Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonuni bo`yicha jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi. 

Agarda sizning maqolangiz yoki siz yaratgan istalgan turdagi material, fayl, bizning saytimizda sizning ruxsatingizsiz turgan bo`lsa iltimos bizga xabar bering. Biz ushbu material yoki maqolangizni o`chiramiz yoki tahrirlaymiz.