FTB Uber va GTA 66 hakkerlari otridan tushdi

Sep 22, 2022 8:45 PM Qobiljon 5

AQSh Federal Tergov Byurosi (FTB) noma'lum hakkerlar tomonidan Uber Tachnologies kompaniyasiga qilingan hakkerlik hujumini tekshirmoqda.  

15-sentabr kuni noma'lum hakkerlar guruhi Uber kompyuter tarmog'ini buzib kirgan, buning oqibatida esa bir necha ichki kommunikatsiya va injenerlik tizimlari ishlashdan to'xtagan. Bundan tashqari, ular xodimlarning shaxsiy yozuvlariga kirishga ham muvaffaq bo'lgan. Lekin kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko'ra hakkerlar foydalanuvchilarga tegishli biror bir ma'lumotni ololmagan.  

Hakkerlik hujumidan so'ng kompaniya FTB ga murojat qilgan.  

Ma'lum bo'lishicha ushbu hakkerlik guruhi 18-sentabr kuni o'yin oshlab chiqaruvchi kompaniya Rock Star Games ga ham hujum qilgan va GTA 6 kompyuter o'yiniga oid dasturiy kodni va o'yindan videoparchalarni GTAForum veb-saytiga joylashtirgan.

Keyinroq RockSTar Games GTAForumdagi ma'lumotlar haqiqatdan GTA6 ga tegishli ekanligini tan oldi, lekin, ular ham Uber kabi FTB ga murojaat qilishgan yoki yo'qligi haqida ma'lumot berishmadi.  

FTB bergan ma'lumotlarga ko'ra hakkerlik hujumlari ortida so'nggi paytlarda faolligi ortib borayotgan Lapsus hakkerlik guruhi turibdi. Bu guruh o'xshash usullar bilan oldinroq Microsoft, Cisco, Samsung, Nvidia, Okta va boshqa shu kabi kompaniyalarga ham hujum qilgan.  

Taxminlarga ko'ra asosiy gumondor Oksfordlik 16 yoshli jinoiy guruhlarda Lapsus$ nomini olgan yigitcha. U kiberjinoyat ortidan 14 mln AQSh dollari to'plashga muvaffaq bo'lgan. 

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.


Muallif haqida

Qobiljon

Magistr. Internetdan maʼlumot qidirish va yuklash boʻyicha mutaxassis.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Maqolaga umuman fikr bildirilmagan birinchilardan bo`ling