Agar YouTube.com global masshtabdagi mediakontent deydigan bo`lsa Mover.uz shuning o`zbek varianti deb hisoblayman.

YouTube.com - bu saytdan video ko`chirishning o`ndan ortiq usullari mavjud va ba'zi bir manbalar bu haqida maqolalar tayyorlagan, lekin biz siz bilan eng (!) sodda variantini ko`rib chiqamiz.
Buning uchun YouTube.com saytidagi ko`chirishni istagan biror bir roligimizga kiramiz va quyidagi rasmda ko`rsatilgandek havoladagi www.youtube.com so`zining "youtube" so'zining oldidan - "ss" harflarini qo`shib - www.ssyoutube.com - shakliga keltiramiz va "Enter" ni bosamiz:

Natijada bizda quyidagicha oyna chiqadi:

Ogohlantirish: Mabodo sizda rasmdek holat bo`lmasa - "Скачать без установки расширения SaveFrom.net помощник" - tugamasini bosasiz.
Скачать - so`zi oldidan o`zingizga ma'qul o`lcham va formatni tanlaysiz, albatta bunday holatda rolikning imkoniyatlari ham hisobga olinadi (rolik bir necha formatda va o`lchamda bo`lishi yoki faqatgina bitta format va o`lchamda bo`lishi mumkin).
Endi siz be'malol YouTube.com dan istalgan roliklaringizni ko`chirib olishingiz mumkin.
Mover.uz - bu sayt mening fikrimcha o`zbek segmentidagi eng yaxshi saytlardan bir deb hisoblayman. Video sifati, adminlar nazorati, sayt dizayni, turli reklamalar faoliyati boshqa saytlarga nisbatan ancha yaxshi yo`lga qo`yilgan.
Bu saytdan rolik ko`chirish uchun ham biror bir o`zimizga yoqqan rolikka bosamiz va havolasini o`zgartiramiz:

Biz nima qildik:
Birinchi havolani -
https://mover.uz/watch/m6UIGAnm/
quyidagicha o`zgartirdik:
https://v.mover.uz/m6UIGAnm_m.mp4
va "Enter" ni bosdik
Natija:

Biz endi "Скачать" tugmasini bosib Mover.uz saytidan istalgan roligimizni ko`chirib olishimiz mumkin.